«Lotereyadagi yutuq oʻz orzuimni amalga oshirishim mumkinligini anglatadi»
Ebbi Uest-Long yutugʻini turmush oʻrtogʻi bilan Kanadaga koʻchib oʻtish orzusini amalga oshirish uchun ishlatishni rejalashtirmoqda.

'Lotoreyadagi yutuq orzuimni amalga oshira olishimni anglatadi'
Uayt orolida yashovchi Ebbi Vest-Longning aytishicha, Pochta indeksi lotereyasidagi yutugʻi uning hayotini tubdan oʻzgartirdi
Ebbi Vest-Long sevgilisi bilan Kanadaga koʻchib oʻtish haqidagi orzusini oʻzgartirishga tayyorlanayotgan bir paytda eshik qoqildi.
Pochta indeksi lotereyasida 333,332 funt sterling yutib olganini bilgach, xayriya tashkiloti koʻngillisi "shunchaki yigʻlab yuborganini" aytdi.
Endilikda, Uayt orolidagi Kaus shahridan boʻlgan 34 yoshli ayol oʻz orzusi ortidan borishi va sevgilisi Deril Marlou bilan Kanadadagi Qoyali togʻlarda yangi hayot boshlashi mumkinligini aytmoqda.
Miss Vest-Long oʻz koʻchasidagi 1 million funt sterling miqdoridagi yutuqni oʻzaro boʻlishib olgan besh qoʻshnidan biridir.
Ebbi Vest-Long va uning sevgilisi Deril Marlou yutuqlarini Kanadaga koʻchib oʻtishdek orzularini amalga oshirish uchun ishlatishni rejalashtirishmoqda
Pochta indeksi lotereyasi jamoasi seshanba kuni qiymati 166,666 funt sterling boʻlgan individual chiptalarni topshirish uchun keldi.
Ammo miss Vest-Long oxirgi uch yildan beri ikkita chipta bilan oʻynab kelayotgani sababli, uning sovrini ikki baravarga ortdi.
"Ular menga qoʻngʻiroq qilib, faqat 'sovrin' yutib olganimni aytishdi. Shungdan soʻng bir hafta davomida juda katta hayajon bilan eshik qoqilishini kutib oʻtirdim", dedi bolalar parvarishi boʻyicha mutaxassis.
"Taxminan besh yildan beri Kanadaga koʻchib oʻtishni xohlardik. Ishlab topgan pullarimizdan tejab qolish uchun turli muddatlar belgilardik, ammo hayotda har xil vaziyatlar va toʻsiqlar paydo boʻlaverardi.
Miss Vest-Long soʻzida davom etdi: "Biz bir necha oy oldin yangi muddat belgilab, 'agar buni uddalay olmasak, shunday boʻladi yoki rejalarimizni oʻzgartiramiz', degandik.
"Keyin toʻgʻridan-toʻgʻri bir oy oʻtib eshigim qoqildi va bu hamma narsani oʻzgartirib yubordi."
Uayt orolidagi Kaus shahrida yashovchi besh qoʻshni oʻzaro 1 million funt sterlingni boʻlishib olishdi
Miss Vest-Long va 39 yoshli mister Marlou Kanadadagi yangi hayot uchun eng kamida 10,000 funt sterling tejashga harakat qilishayotgan edi va buni 2028 yilga rejalashtirishgandi.
Endi ularning reja-jadvali oldinga surildi va ular olti oy ichida koʻchib oʻtishga umid qilishmoqda.
U qoʻshimcha qildi: "Orzuimizdagi koʻchish va rejamiz juda tezlashdi.
"Oʻzimni tush koʻrayotgandek his qilyapman, chunki bunday narsalar men bilan sodir boʻlmasdi. Odatda yomon xabarlarni kutardim.
"Biz mumkin boʻlgan barcha orzularni oʻylab oʻtirdik va keyin 'ey Xudoyim, men bunga loyiq emasman, nega bu menga berildi?' deb oʻyladik."
"Biz Kanadada bir necha bor boʻlganmiz va bu aynan bizga kerakli joydek tuyulgan. [Bu pullar] barcha ehtiyojlarimizni qopladi, bu etarlidan ham ortiq."
Ebbi va Deril oxirgi besh yildan beri Kanadaga koʻchib oʻtishni orzu qilishmoqda
13 yildan beri birga boʻlgan juftlik u yerda oila qurishga umid qilishmoqda.
Mister Marlou qoʻshimcha qildi: "Biz hozirgacha oila qurish uchun oʻzimiz xohlagan barqarorlik darajasini taʼminlay olmagandik."
Sovrin Kanada dollarida 620,000 dollardan ortiq qiymatga ega boʻlgani sababli, juftlik umrining qolgan qismini yashashni tasavvur qilayotgan Britan Kolumbiyasidan uy sotib olishga umid qilmoqda.
"Uy, yer maydoni, it, qor kuragi, mashina", dedi miss Vest-Long.
Uning sevgilisi qoʻshimcha qildi: "Biz xohlashimiz mumkin boʻlgan hamma narsa."
Ebbi oxirgi uch yil davomida Pochta indeksi lotereyasi uchun oyiga ikkitadan chipta sotib olib kelgan

