Livanda Bashar Asadning qarindoshi qurol va giyohvand moddalar bilan ushlandi

Livanda Bashar Asadning qarindoshi qurol va giyohvand moddalar bilan qo‘lga olindi
Livan rasmiylari mamlakat shimolida Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadning qarindoshi hamda taniqli giyohvand moddalar savdogarining o‘g‘li ushlanganini ma’lum qildi. Ular qurol va giyohvand moddalar saqlashda ayblanmoqda.
OAVga ma’lumot berish vakolatiga ega bo‘lmagani sababli ismi oshkor etilmagan ikki sud rasmiysining aytishicha, Sulaymon Asad va Ali Zaytar 11-sentyabr kuni Baalbek shahri yaqinida ushlangan. Ali Zaytar 2025-yilda hibsga olingan giyohvand moddalar savdogari Nuh Zaytarning o‘g‘lidir. Sulaymon Asad esa sobiq prezidentning amakivachchasi Hilol Asadning o‘g‘li hisoblanadi.
2024-yil dekabr oyida isyonchilar hokimiyatni egallashi bilan Asadlar oilasining ellik yillik boshqaruvi yakuniga yetgan. Shundan keyin bir qator suriyalik mulozimlar va Asadning qarindoshlari boshqa davlatlarga, jumladan, Livanga qochib o‘tgan. Bashar Asad va uning ukasi Maher Asad hozir Rossiyada yashamoqda.
Livan armiyasi o‘z bayonotida uch kishini, jumladan, Livanda qonuniy yashayotganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan bir Suriya fuqarosini qo‘lga olganini bildirdi.
Armiya ma’lumotiga ko‘ra, ularning yonidan qurol hamda gashish topilgan. Gashish — Livan shimolida keng yetishtiriladigan nasha o‘simligidan tayyorlanadigan giyohvand moddadir. Armiya ularning ismini oshkor etmadi, biroq ism va familiya bosh harflari Asad va Zaytarga mos kelgan. Armiya rasmiylari ushlanganlar sud rasmiylari nazorati ostida so‘roq qilinganini qo‘shimcha qildi.
U Bashar Asadning amakivachchasi hisoblanadi. 46 yoshli Vasim Asad qariyb 14 yillik fuqarolar urushi davrida sodir etilgan vahshiyliklarda aybdor deb topilgan.

