Mahalliy

Liftda quriliş materiallari taşiş taqiqlanadi: yangi tartib 2027-yildan kuçga kiradi

Özbekistonda yölovçi liftlarida quriliş materiallari va çiqindilarini taşiş taqiqlanadi. Bino boşqaruvçilari liftlarga har oyda kamida bir marta texnik xizmat körsatilişini taʼminlaşi şart böladi. Hukumat tasdiqlagan yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiradi.

Liftda qurilish materiallarini tashish taqiqlanadi: yangi tartib 2027-yildan kuchga kiradi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi 588-son qarori bilan “Liftdan foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, liftlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik xizmat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, xizmat natijalarini kiritish hamda saqlash “Xavfsiz lift” yagona idoralararo elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Liftlar vakolatli organ tomonidan bepul ro‘yxatga olinadi. Dastlabki texnik ko‘rik natijasi ijobiy bo‘lsa, ro‘yxatga olish ikki ish kuni ichida bajarilib, buyurtma beruvchiga QR-kodli ma’lumotnoma yuboriladi.

Kabinaning ko‘rinadigan joyida liftning identifikatsiya raqami va ro‘yxatga olingani haqida QR-kodli ma’lumot bo‘lishi lozim. Shuningdek, bino boshqaruvchisi hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning nomi, manzili va bog‘lanish ma’lumotlari joylashtiriladi.

Yangi nizomga ko‘ra, yo‘lovchi liftining yuk ko‘tarish qobiliyati qanchalik bo‘lishidan qat’i nazar, unda qurilish materiallari va qurilish chiqindilarini tashish taqiqlanadi. Lift o‘lchamlariga mos kelmaydigan buyum va jihozlar, portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv hamda zaharlilik darajasi o‘ta yuqori moddalarni tashishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Elektron platforma orqali sotib olinmagan va o‘rnatilmagan lift hamda ehtiyot qismlardan foydalanish ham taqiqlanadi.

O‘rnatuvchi muomalaga chiqargan har bir lift uchun shu sanadan boshlab kamida uch yillik kafolat berilishi belgilangan. Kafolat davrida ta’mirlash va qismlarni almashtirish muddati 15 kundan oshmasligi kerak.

“Qizil” rangli ma’lumot yorlig‘i bilan belgilangan liftdan foydalanish taqiqlangan davrda unga texnik xizmat ko‘rsatilmaydi. Shu vaqt uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bino boshqaruvchisidan har oylik texnik xizmat haqini talab qila olmaydi.

Texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar reyestriga kirish esa onlayn xabar berish orqali bepul amalga oshiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.