Liberiya sobiq vitse-prezidenti narkosavdoda ayblanib hibsga olindi
Joriy yil iyulida Liberiyada Yevropaga jo‘natilishi rejalashtirilgan qiymati 317 mln dollarlik 4 tonna kokain musodara qilingandi.

Liberiyaning avvalgi vitse-prezidenti giyohvand moddalar savdosida ayblanib hibsga olindi.
2018-yildan 2024-yilgacha Liberiya vitse-prezidenti lavozimida ishlagan Juel Xouard-Teylor xalqaro miqyosdagi giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha tergov doirasida qo‘lga olindi.
Xouard-Teylor 19-avgust kuni mamlakat poytaxti Monroviyadagi xalqaro aeroportga ketayotganida hibsga olingan. Unga giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
Joriy yilning iyul oyida Liberiyada Yevropaga yuborilishi rejalashtirilgan, umumiy qiymati 317 million dollarga teng bo‘lgan 4 tonna kokain musodara qilingan edi.
Mamlakat hukumati ushbu ish bo‘yicha qo‘lga olinganlarga nisbatan hech qanday shafqat bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Xouard-Teylor 1997-yildan 2003-yilgacha Liberiya prezidenti bo‘lgan Charlz Teylorning sobiq rafiqasi hisoblanadi. Charlz Teylor hozirda harbiy jinoyatlarda ayblanib, Britaniyadagi qamoqxonalardan birida 50 yillik jazo muddatini o‘tamoqda.

