Mahalliy

Leningrad viloyatining shourum formatidagi vakolatxonasi — xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun samarali maydoncha

2025 yildan beri Toshkentda INNO texnoparki hududida Leningrad viloyatining shourum formatidagi Vakilligi faoliyat yuritmoqda — bu Oʻzbekiston Respublikasi va Leningrad viloyati oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun samarali maydondir. Bu Rossiyaning yetakchi sanoat hududlaridan birining salohiyati taqdim etilgan makondir. 75 dan ortiq kompaniya oʻz mahsulotlarini — xalk isteʼmoli mollari va oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib […]

Leningrad viloyatining shourum formatidagi vakolatxonasi — xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun samarali maydon

2025 yildan beri Toshkentda INNO texnoparki hududida Leningrad viloyatining shourum formatidagi vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda — bu Oʻzbekiston Respublikasi va Leningrad viloyati oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun samarali maydondir.

Bu Rossiyaning yetakchi sanoat hududlaridan birining salohiyati taqdim etilgan makondir. Bu yerda 75 dan ortiq kompaniya oʻz mahsulotlarini — xalq isteʼmoli mollari va oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, qurilish materiallari, sanoat uskunalari va innovatsion yechimlargacha namoyish etmoqda. Shourum hududida ishbilarmonlik muzokaralari oʻtkaziladi, shuningdek, Leningrad viloyati ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari bilan tanishish maqsadida delegatsiyalar qabul qilinadi.

Shourum Leningrad viloyatining Iqtisodiy rivojlanish va investitsiya faoliyati qoʻmitasi hamda Leningrad viloyati Sanoatni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan.

Bu shunchaki koʻrgazma ekspozitsiyasi emas — bu muzokaralar, tajriba almashish va yangi shartnomalar tuzish uchun platformadir. Shourum koʻmagida taxminan 2 mln AQSh dollari miqdorida 20 dan ortiq bitim tuzildi.

Vakolatxona oʻzbekistonlik hamkorlarga nimalarni taklif eta oladi?

Birinchidan, tekshirilgan yetkazib beruvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyati. Shourumda turli sohalarga oid tovarlar taqdim etilgan. Bu oʻzbekistonlik kompaniyalarga hamkorlikning oʻzi uchun manfaatli yoʻnalishlarini topish imkonini beradi, zero koʻpchilik nafaqat eksportga yoʻnaltirilgan, balki mahsulotni yakuniy puxta yetkazishni Oʻzbekistonda lokalizatsiya qilish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda.

Ikkinchidan, bu mahsulotni koʻrish, uning mahalliy standartlar va talablarga muvofiqligini baholash, shuningdek, videokonferentsaloqa rejimida bevosita ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlik shartlarini muhokama qilish, qaror qabul qiluvchi shaxslarga chiqish imkoniyatidir.

Uchinchidan, shourumda joylashtirilgan Lenoblast kompaniyalari eksportni davlat tomonidan qoʻllab-kuvvatlash choralariga ustuvor kirish huquqiga ega. Bu esa narxga reklama va tijorat tuzilmalarining vositachiligi uchun katta xarajatlar kiritilmasligini, shuningdek, sertifikatlashtirish va tovarni yetkazib berish xarajatlari qisman birgalikda moliyalashtirilishi mumkinligini anglatadi, bu esa oʻzbekistonlik xaridorlar uchun ham juda manfaatli boʻlishi mumkin.

Kanal yordamida asssortiment bilan masofaviy formatda tanishish, shuningdek, ishlab chiqaruvchi bilan bogʻlanish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.