Mahalliy

Lazizbek Temirov Yangihayot tumani hokimi etib tayinlandi

Lazizbek Temirov Toshkent shahrining Yangihayot tumaniga hokim bo‘ldi. Bungacha u hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.

Lazizbek Temirov Yangihayot tumani hokimi etib tayinlandi

U Toshkent shahrining Yangihayot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Lazizbek Temirov 1989-yilda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriatini, 2021-yilda esa magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida u iqtisodiyot va davlat boshqaruvi tizimida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, 2024-yildan buyon Yashnobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Yangi lavozimda Temirov 2020-yil 16-noyabrdan beri ishlab kelgan va 15-oktabrda boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan Hayot Inog‘omovning o‘rnini egalladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.