Siyosat

Latviyada rus tilini OAVdan butunlay olib tashlash talab qilindi

Latviyada rus tilini OAVdan to‘liq olib tashlash talab qilindi. Latviya madaniyat vaziri Nauris Puntulis rus tilidagi materiallarni ommaviy axborot vositalaridan butunlay yo‘qotishga chaqirdi. Bu haqda Rossiyaning “RIA Novosti” agentligi uning so‘zlariga tayanib xabar berdi.

Vazirning aytishicha, OAVda rus tilidagi kontent hali ham mavjud. Ayniqsa, hozirgi harbiy-siyosiy sharoitda uning mavjudligi uchun hech qanday asos yo‘q, deya ta’kidladi vazir. "Uni (rus tilidagi kontent)ni qisqartirish nimani anglatadi? U butunlay yo‘qolishi kerak va tamom", dedi u Latviya parlamentining Inson huquqlari va jamoatchilik ishlari qo‘mitasi yig‘ilishida.

Latviya parlamenti yuridik byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda OAVda rus tilidagi materiallar ulushi taxminan 2,5 foizni tashkil etadi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab Latviyada maktablarda rus tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish taqiqlanadi. Shuningdek, davlat ommaviy axborot vositalarida rus tilidagi tele va radioeshittirishlar cheklangan, rus tilidagi kitoblar savdosiga qo‘llaniladigan soliq esa 21 foizgacha oshirilgan.

Hukumat bu choralarni davlat tilidagi yagona axborot makonini yaratish va milliy xavfsizlikni ta’minlash zarurati bilan izohlagan. Yanvar oyida Latviya Madaniyat vazirligi o‘z tasarrufidagi muassasalar va davlat kompaniyalariga rasmiy faoliyatda rus tilidan foydalanishni to‘xtatishni buyurgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.