Latviya farovonlik vaziri mast holda mashina haydagani uchun lavozimidan boʻshatildi
Reynis Uzulniyeks 2026-yil may oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.

Latviya farovonlik vaziri mast holda avtomobil boshqargani sabab lavozimidan chetlatildi
Latviya farovonlik vaziri Reynis Uzulniyeks lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar berdi LSM agentligi. Xabarda aytilishicha, politsiya Uzulniyeksni mast holda mashina boshqargani uchun ushlagan. Uning qonidagi alkogol miqdori 3,5 promilleni tashkil etgan.
"Bosh vazir Andris Kulbergs Uzulniyeksni farovonlik vaziri lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq chiqardi. Uldis Augulis farovonlik vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi", - deyiladi xabarda.
Uzulniyeks 2026-yil may oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.

