Mahalliy

Lang Lang ilk bor Samarqanddagi Registon maydonida chiqish qildi

6 sentyabr kuni Samarqanddagi Registon maydonida zamonamizning eng mashhur pianinochilaridan biri Lang Lang va Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrining kontserti boʻlib oʻtdi. Kontsert Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etildi.

Lang Lang ilk bor Samarqanddagi Registon maydonida chiqish qildi

6 sentyabr kuni Samarqanddagi Registon maydonida zamonamizning eng mashhur pianinochilaridan biri Lang Lang va Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrining kontserti boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etildi.

Ushbu kontsert Jamgʻarmaning sanʼat orqali madaniy almashinuvni rivojlantirish va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro madaniy tashabbuslarining davomi boʻldi. Pekindagi Buyuk Xitoy devori etagidagi chiqishdan soʻng, musiqachilar YUNESKOning Butunjahon merosi obʼyekti va Oʻzbekiston tarixiy hamda madaniy merosining bosh ramzlaridan biri boʻlgan Registon maydonida yangi dasturni taqdim etdilar.

Lang Lang — XXI asrning eng nufuzli musiqachilaridan biri boʻlib, uning ijodiy tarjimai holi dunyoning yetakchi kontsert maydonlarini, jumladan Carnegie Hall, Royal Albert Hall, Berlin filarmoniyasi va Vena Muzikferayn zallarini qamrab oladi. Pianinochi 2008 yilda Pekindagi Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida chiqish qilgan, 2018 yilda Pxyonchxandagi qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etgan, shuningdek, yirik xalqaro madaniy va davlat tadbirlarida klassik musiqa sanʼatini bir necha bor namoyish etgan.

Oʻzining ijrochilik faoliyati va taʼlim loyihalari bilan Lang Lang dunyoda klassik musiqaning asosiy targʻibotchilaridan biriga aylandi.

Samarqandda Lang Lang va Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri jahon klassikasi durdonalarini birlashtirgan dasturni ijro etdilar.

Kechaning bosh asari Sergey Raxmaninovning fortepiano va orkestr uchun Ikkinchi kontserti — jahon fortepiano repertuarining eng mashhur asarlaridan biri boʻldi. Dasturdan, shuningdek, milliy musiqa anʼanalarining boyligi va oʻziga xosligini aks ettiruvchi oʻzbek kompozitorlarining asarlari ham joy oldi.

Registon maydonidagi kontsert Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan yirik xalqaro musiqiy loyihalar turkumini davom ettirdi.

Soʻnggi yillarda mamlakatning tarixiy maskanlari dunyoning taniqli sanʼatkorlari chiqishlari uchun maydonga aylanib, xalqaro madaniy muloqotni rivojlantirishga va Oʻzbekistonning xalqaro madaniy hayotning koʻzga koʻringan markazlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.