Lamin Yamal faoliyati davomida irqchilikka “minglab marta” duch kelganini aytdi

Lamin Yamal faoliyati davomida irqchilikka “minglab marta” duch kelganini aytdi
“Barselona” hujumchisi Lamin Yamal faoliyati davomida irqchilikka “minglab marta” ro‘baro‘ kelganini, shuningdek, ko‘pchilik odamlar o‘z so‘zlari yoki xatti-harakatlari irqchilik ekanini hatto anglab yetmasligini ta’kidladi.
19 yoshli futbolchi faoliyati davomida bir necha bor irqchilik qurboni bo‘lgan. Xususan, 2024-yil oktyabrida “Santyago Bernabeu” stadionida “Real”ga qarshi o‘yinda Lamin, Rafinya hamda Ansu Fatiga nisbatan irqchilik qilingani aks etgan kadrlar tarqalgan edi.
Ispaniyaning irqchilik va ksenofobiyaga qarshi kurash tashkiloti mart oyida e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Lamin va Vinisius Junior 2025-yilning so‘nggi choragida Ispaniyada onlayn irqchilikning eng ko‘p nishoniga aylangan futbolchilar bo‘lgan.
“Minglab marta. Odamlar sizga nisbatan bilvosita irqchilik qilishadi, biroq buni o‘zlari ham anglab yetmaydi. Ularning ko‘plab gap-so‘zlari yoki qarashlarida irqchilik yashiringan bo‘ladi, ammo buni payqashmaydi. Agar kimdir meni qora tanli desa, bu umuman parvoyimga kelmaydi. Haqiqatan ham men qora tanliman, boshqa rangda emasman. Boshqa masala shundaki, ular buni qanday maqsadda — meni haqorat qilish uchun aytmoqdami yoki yo‘q. Lekin men maydonda o‘ynayotgan bo‘lsam va ular meni ko‘rish uchun chipta sotib olgan bo‘lsa, menga nisbatan shunchaki hurmatsizlik qilishgani uchungina asabiylashib o‘tirmayman”.
Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi vingeri joriy mavsumda sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. U barcha musobaqalarda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

