Sport

Lamin Yamal “Barselona” rahbariyatidan norozi bo‘lmoqda — OAV

Lamin Yamal "Barselona" rahbariyatidan noroziligini bildirmoqda — OAV xabari

"Barselona" himoyachisi Alexandro Baldening klubdagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Rahbariyatning futbolchiga nisbatan munosabati jamoa yetakchilaridan biri Lamin Yamalning jiddiy noroziligiga sabab bo‘ldi.

Balde "Barselona"da qolishni va asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarishni istagan edi. Biroq, rahbariyat bilan bo‘lgan bir necha suhbatdan so‘ng, futbolchi jamoani tark etish haqida jiddiy o‘ylay boshladi.

Asosiy muammo shundaki, himoyachining o‘ziga klub uni sotib yuborishga urinayotgandek tuyulmoqda. Hansi-Diter Flik 22 yoshli futbolchini "Elche"ga qarshi bahsda o‘yin qaydnomasiga kiritmagach, vaziyat yanada keskinlashdi. Shundan so‘ng murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Flik Baldening mashg‘ulotlardagi harakatlaridan norozi, himoyachining o‘zi esa murabbiy unga nisbatan adolatsizlik qilgan deb hisoblamoqda.

Vaziyat faqat Baldening o‘zi bilan cheklanib qolmadi. Alexandro Lamin Yamalning eng yaqin do‘stlaridan biri bo‘lib, jamoadoshining boshiga tushgan ishlar ispaniyalik yulduzni befarq qoldirmadi.

"Elche"ga qarshi o‘yin vaqtida kameralar futbolchining kayfiyati tushkun ekanini payqagan. Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, bunga asosiy sabab aynan Balde atrofidagi vaziyatdir. Yamal do‘sti uchun qayg‘urmoqda va "Barselona"ning o‘z futbolchisiga nisbatan qilayotgan muomalasidan norozi. Endi kataloniyaliklar nafaqat Baldening kelajagini hal qilishi, balki jamoa ichida yuzaga kelgan mazkur mojaro oqibatlarini ham bartaraf etishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Alexandro Balde "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klub safida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Himoyachi uch marta Ispaniya chempioni, bir marta mamlakat Kubogi va uch bor Superkubok sohibiga aylangan. Ayni paytda unga "Manchester Yunayted", "Aston Villa" va "Benfika" klublari qiziqish bildirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.