Kunduzi +25 darajagacha: Oʻzbekiston boʻyicha 3 noyabrga havo harorati prognozi
3 noyabrda Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo saqlanib qoladi. Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda esa qorga aylanishi mumkin. Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 8–10 daraja issiq, kunduzi 20–22 daraja boʻladi. Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida kechasi 3–8 daraja, kunduzi […]

Kunduzi +25 darajagacha: 3 noyabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha ob-havo prognozi
3 noyabr kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo saqlanib qoladi. Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda esa yogʻingarchilik qorga aylanishi mumkin.
Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi havo harorati 8–10 daraja issiq, kunduzi 20–22 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida kechasi 3–8 daraja, kunduzi 15–20 daraja boʻlishi kutilmoqda. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 7–12 daraja, kunduzi 18–23 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 9–14 daraja, kunduzi 20–25 daraja boʻlishi prognoz qilinmoqda. Fargʻona vodiysida harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 17–22 darajani tashkil etadi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda tuman tushishi va yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. U yerda kechasi 2–7 daraja issiq, kunduzi 12–17 daraja boʻlishi kutilmoqda.

