Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan to‘yidan so‘ng soch rangini o‘zgartirdi (foto)

Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodrigesga uylanganidan keyin soch turmagini o‘zgartirdi (foto)
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu model Jorjina Rodriges bilan turmush qurganidan so‘ng tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib, sochlarini sarg‘ish rangga bo‘yadi. Besh karra “Oltin to‘p” sohibi 13-avgust, payshanba kuni o‘zining Instagram sahifasida yangi soch turmagidagi suratini joylashtirdi.
Xabarlarga ko‘ra, Ronaldu va Jorjinaning to‘y marosimi 11-avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan. Avvalroq hujumchi jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida to‘y 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng va Saudiya Arabistoni chempionatining yangi mavsumi boshlanishidan oldin o‘tkazilishini aytgan edi. Ronalduning ta’kidlashicha, Rodriges dabdabali bayramlarni yoqtirmagani sababli, marosim faqat yaqinlar davrasida, yopiq formatda o‘tkazilgan.
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Ma’lumot uchun, hozirda Ronaldu 41 yoshda, Rodriges esa 32 yoshda. Bu juftlik 2016-yilda Madridda tanishgan. O‘shanda Jorjina “Gucci” do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlagan. Bugungi kunga kelib, juftlikning Alana Martina va Bella Esmeralda ismli ikki qizi bor. Umuman olganda, ular besh nafar farzandni tarbiyalamoqda. Yana uch nafar farzand — kichik Krishtianu hamda egizaklar Mateo va Yeva surrogat onalar yordamida dunyoga kelgan.

