Koʻchani ham “boʻsh qoʻymagan” bogʻbon: Oltiariqdagi uzumzordan reportaj
Uzum yetishtirishda oltiariqliklar ancha ilgarilab ketishgan. Tomorqasini sarxil uzumlar bilan toʻldirgan bogʻbonlar endi mahalla koʻchasiga ham soʻritok yasab hosil olishmoqda. Ahmadjon ota Otayev ham ana shunday bogʻbonlardan.

Bogʻbonning koʻchani ham "boʻsh qoʻymagan" uzumzori: Oltiariqdagi reportaj
Oltiariqliklar uzum yetishtirishda sezilarli yutuqlarga erishmoqdalar. Endilikda ular oʻz hovlilarini sarxil uzumlar bilan toʻldiribgina qolmay, mahalla koʻchalariga ham soʻritoklar oʻrnatib, hosil olishmoqda. Ahmadjon ota Otayev ham ana shunday fidoyi bogʻbonlardan biridir.
"Uzum yetishtirish biz uchun havas"
"Oltiariq ahli uzumni havasga ekib, havasga yetishtiradi desam, mubolagʻa boʻlmaydi. Shu kunlarda Oltiariqqa kelsangiz, koʻzingiz quvonishi aniq. Xonadon ichkarisidan ortib, koʻchalarga ham baland qilib soʻritoklar yasab, uzum yetishtirishga oʻtdik. Maqsadimiz – ham goʻzallik yaratish, ham boʻsh turgan yerdan unumli foydalanish", – deydi Ahmadjon ota.
"Tomorqamiz boshdan oyoq tokzor. Koʻchamiz boʻsh turgan edi, oʻgʻlim bilan maslahatlashib, koʻchada ham soʻritok tayyorlab, goʻzal uzumbogʻ yaratdik. Rizqimizga yarasha mevalarni sotamiz", – deya qoʻshimcha qildi u.
Hozirda Ahmadjon ota "mers", "qora kelin barmoq", "kelin barmoq", "husayni", "shohanak" kabi uzum navlarini mehr bilan parvarish qilmoqda.
"Uzumlarni qish faslida ham sotish uchun uzib saqlab qoʻyamiz, qolganini soʻritokning oʻzida sotamiz. Uzumlarni to Navroʻz bayramigacha konditsionerda (maxsus omborda) saqlaymiz. Mehnat qilgan kam boʻlmaydi. Sotilgan uzumning puliga umid bilan ikkita qoʻy olib keldik. Xudo xohlasa, chorvani ham koʻpaytirish harakatidamiz", – deydi Ahmadjon ota Otayev.

