Layfstayl

Ko‘z yosh to‘kishga majbur qiladigan 8 ta Bollivud filmi

Ko‘z yosh to‘kishga majbur qiladigan 8 ta Bollivud filmi

“G‘aroyib sevgi” — uydan qochib ketgan va oilasi tomonidan o‘g‘irlab kelingan notanish yigitga majburan turmushga uzatilgan qiz haqidagi hikoya. Qiz shizofreniya bilan og‘riydi va xayoliy yigitini sevadi. Filmda bosh qahramon o‘z muhabbati va sabri bilan qizga bu muammoni yengishda qanday yordam berishi juda ta’sirli tarzda ko‘rsatilgan. Aktyorlik mahorati va operatorlik ishi filmni nihoyatda zo‘r qilib suratga olgan, go‘zal musiqa esa unga alohida joziba bag‘ishlaydi.

2017-yilda suratga olingan sodda va go‘zal film. Unda bolalikdagi ikki do‘stning haqiqiy va beg‘ubor muhabbati tasvirlangan. Film sevgi naqadar sof bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Garchi katta xitga aylana olmagan bo‘lsa-da, tomoshabinlar qalbidan joy olishga muvaffaq bo‘lgan. Chopra va Xurrana aktyorlar sifatida ajoyib juftlik bo‘lib, birgalikda juda maftunkor ko‘rinadi.

Bu loyiha Sushant Singx Rajput ishtirokidagi so‘nggi film. “Bechora yurak” 2020-yilda suratga olingan. Film Gollivudning “Yulduzlar aybdor” filmining remeyki hisoblanadi. Kesi va Menni — ikkalasi ham davolab bo‘lmaydigan dardga chalingan bo‘lsa-da, bir-biriga ko‘ngil qo‘yib, oddiy insonlar singari hayot kechiradi. Bu film ham tomoshabinni ko‘z yosh to‘kishga majbur qiladi. Kinokartina o‘zining kinematografiyasi va ajoyib musiqasi bilan sizni o‘ziga rom etadi.

Film tasodifan ziyofatda “quloqsiz” yigit Ayanni uchratib qolgan Alizaning taqdiri haqida hikoya qiladi. Bu rolni Annushka Sharma ijro etgan, Ayan esa Ranbir Kapur ijrosida. Ularning ikkalasi ham shaxsiy hayotida qiyin davrni boshdan kechirmoqda va shu sababli bir-biri bilan yaxshi do‘stlardek muloqot qilishadi. Ularning do‘stligi Ayan Alizaga nisbatan muhabbatni his qilmaguncha kuchayib boradi. Aliza sevgisini oshkor etishdan oldin o‘zining sobiq sevgilisi Ali bilan uchrashadi, bu rolni Favad Xon ijro etgan, va u bilan turmush qurishga qaror qiladi.

Yuragi yaralangan Ayan Sabadan tasalli izlaydi, bu rolni Ayshvarya Ray Bachchan ijro etgan, biroq u Aliza va uning o‘ziga bo‘lgan his-tuyg‘ularini unuta olmaydi. Film 2016-yilda suratga olingan. Kinokartina suratga olinganiga bir necha yillar bo‘lgan bo‘lsa-da, u hanuz tomoshabinlarning sevimli filmlari qatorida turadi.

Filmda bosh qahramon Vira o‘z to‘yiga ko‘rilayotgan tayyorgarliklardan charchab, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan biror joyga borishni istaydi. Bu rolni Aliya Bhatt ijro etgan. Kuyov uning tilagini amalga oshiradi. Ular yonilg‘i quyish shoxobchasiga to‘xtaganda, Virani niqobli bezorilar o‘g‘irlab ketadi. Keyinchalik qiz uni o‘g‘irlagan insonni sevib qoladi. Filmdagi aktyorlar o‘rtasidagi munosabatlar tomoshabinni hayratga soladi. Film oxirida Vira hech qanday tashqi bosimsiz butunlay o‘zi qaror chiqara olishini tushuna boshlaydi.

Loyiha 2013-yilda suratga olingan, biroq shunga qaramay, kinokartinani necha marta tomosha qilishingizdan qat’i nazar, u sizni har doim o‘ziga rom etadi. Filmdagi musiqalar va sujet juda ajoyib yaratilgan. Loyihada Kundanning o‘z sevgisi uchun qanday to‘siqlarni yengib o‘tishi ko‘rsatilgan. Bosh qahramon Shankar Zoya boshqa birovni sevishini bilib, o‘z sevgisini qurbon qiladi. Filmda sevgi va nafratning yonma-yonligi, turli tabaqalardagi insonlarning muhabbat yo‘lidagi qiyinchiliklari ko‘rsatilgan.

Filmda Rumi va Viki ismli qahramonlar bir-biriga oshiq bo‘ladi. Rumining oila a’zolari juftlikning yashirin munosabatlari haqida xabar topganidan keyin ularni turmush qurishga majburlashadi. Rumi rolini Taapsi Pannu, Viki rolini esa Vikki Kaushal ijro etgan. Biroq Vikki Rumining ota-onasidan uning qo‘lini so‘rash iltimosini bajarishdan bosh tortadi. Oxir-oqibat, qizning yigitdan ko‘ngli qoladi va kelishilgan nikohga rozi bo‘ladi. Ana shunda Robbi tufayli sevgi uchburchagi yuzaga keladi. Robbi rolini Abxishek Bachchan ijro etgan.

Filmdagi voqealar 1990-yillarga borib taqaladi. Badavlat insonning qizi firibgarni sevib qoladi, yigit uni tashlab ketadi. Keyinchalik ular kutilmagan sharoitda yana uchrashadi va u bir paytlar sevgan insonining hayoti xavf ostida ekanini bilib oladi. Filmning ikkinchi yarmi “So‘nggi yaproq” romani asosida suratga olingan. Film 2013-yilda ekran yuzini ko‘rgan va ko‘plab olqishlarga sazovor bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.