Iqtisodiyot

Korzinka Plus sodiqlik kartasini endi payme ilovasida ochish mumkin

Payme to‘lov xizmati va Korzinka supermarketlar tarmog‘i Korzinka Plus kartasini rasmiylashtirish va xaridlar uchun to‘lov jarayonlarini yanada qulaylashtirdi. Endi ushbu kartani bevosita payme ilovasida ochish mumkin.

Korzinka Plus sodiqlik kartasini endi payme ilovasida ochish mumkin

21-sentabrdan boshlab payme foydalanuvchilari Korzinka Plus kartasini bevosita ilova ichida rasmiylashtira oladi. Karta ochilgach, u avtomatik tarzda payme platformasiga qo‘shiladi, shu bois foydalanuvchilardan qo‘shimcha harakatlar qilish yoki boshqa xizmatlarga o‘tish talab etilmaydi. Bu esa vaqtni tejaydi va kartani olish jarayonini yengillashtiradi.

Yangi imkoniyat payme va Korzinka hamkorligini yanada rivojlantirib, sodiqlik kartasini rasmiylashtirish hamda xaridlar uchun to‘lovni bitta ilova doirasida birlashtiradi.

Korzinka Plus kartasi payme ilovasiga qo‘shilganda, foydalanuvchilarga “Keyinroq to‘lash” xizmatining maxsus shartlari taqdim etiladi, ya’ni:

Ushbu shartlardan foydalanish uchun payme xizmatidagi “Sodiqlik kartalari” bo‘limiga Korzinka Plus kartasini qo‘shish va to‘lov vaqtida “Keyinroq to‘lash” xizmatini tanlash kifoya.

Stanislav Skvirskiy, CEO payme:

“Korzinka bilan integratsiya foydalanuvchi tajribasini yanada ravonlashtiradi: endi mijoz sodiqlik kartasini rasmiylashtirishi va turli xizmatlar orasida almashmasdan payme orqali xaridlarga to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Biz doimiy ravishda qo‘shma raqamli yechimlar imkoniyatlarini kengaytirish va foydalanuvchilarimizning kundalik ehtiyojlariga javob beradigan xizmatlarni yaratish ustida ishlaymiz”.

“Korzinka mijozlari uchun payme ilovasida uzoq vaqtdan beri „Keyinroq to‘lash“ xizmatini 30 kungacha limiti mavjud. Agar biror sabab tufayli hali sizda Korzinka Plus kartasi bo‘lmasa, endi uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri payme ilovasining o‘zida rasmiylashtirishingiz mumkin”, — dedi Korzinka supermarketlar tarmog‘i marketing departamenti direktori Malik Karimov.

Xaridlar uchun payme go orqali to‘lov amalga oshirilganda, quyidagi bonuslar avtomatik ravishda hisoblanadi:

payme va Korzinka o‘rtasidagi integratsiya raqamli xizmatlarni rivojlantirishga yordam beradi va odatiy raqamli muhitda yangi imkoniyatlarni taqdim etib, mijozlarga foydalanish jarayonini yanada qulaylashtiradi.

“Keyinroq to‘lash” xizmati uchinchi shaxs — TBC BNPL MCHJ tomonidan ko‘rsatiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.