Korxonalar uchun elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lov 15 foizga tushiriladi

Korxonalar uchun elektr energiyasi va gazga avans to‘lovi 15 foizga kamaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazmda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.
Ushbu qaror ko‘plab tadbirkorlarning elektr energiyasi va gaz uchun 100 foizlik oldindan to‘lov aylanma mablag‘larini qisqartirayotgani haqidagi murojaatlari asosida qabul qilindi. Endilikda ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans miqdori 15 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston rahbari ta’kidlashicha, energetika sohasidagi boshqaruv tizimi tubdan o‘zgartirilmoqda. Barcha tumanlarda tadbirkorlarning hozirgi ehtiyojlari va kelajakdagi rejalarini inobatga olgan holda ishlaydigan yangi tizim joriy etiladi.
Shuningdek, kelgusi yildan qurilish sohasida pudratchi va loyihachilarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi yangi yondashuv boshlanadi. Unga ko‘ra, qurilish joyidan qat’i nazar, har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi.
Bundan tashqari, davlat obyektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7 foiz foyda nazarda tutiladi, shuningdek, qurilishning murakkabligiga qarab loyihalash ishlariga obyekt qiymatining 4-7 foizigacha mablag‘ ajratiladi.

