Siyosat

«Koreya ishi» va 2000 dollarlik jarima. Nima uchun Behzod Musayev ishdan olindi?

Bir necha kun oldin Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan olindi. Bu isteʼfo agentlik atrofidagi bir nechta shov-shuvli va korrupsion mojarolar fonida roʻy berdi. Uning oʻrnida bunga qadar Yaponiyadagi elchi boʻlgan Muhsinxoʻja Abdurahmonov ish boshladi. Kun.uz Behzod Musayevning davlat xizmatidagi karerasi va oxirgi paytlarda atrofida yuz bergan voqealarga nazar tashladi.

«Koreya ishi» va 2000 dollarlik jarima. Nima uchun Behzod Musayev ishdan olindi?

Joriy yil may oyida fuqarolarni Koreyaga ishlash uchun yuborish bilan bogʻliq yirik korrupsion sxema ochiqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlumotiga koʻra, migratsiya sohasidagi uyushgan jinoiy guruh Koreyaga ishga yuborish uchun rasmiy toʻlovlardan tashqari fuqarolardan 7-12 ming dollardan yigʻib olgan. Toʻplangan mablagʻ qariyb 90 mln dollarga baholanmoqda.

Oradan koʻp oʻtmay, Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi sobiq rahbari Aziz Toshtemirov firibgarlikda gumon qilinib, xalqaro qidiruvga berilgani maʼlum boʻldi.

Shundan soʻng u agentlik rahbari Behzod Musayevni nishonga olib, avval Migratsiya agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi uchun ishlatilgan Koreya24 telegram kanali orqali bir qator «kompramat»larni eʼlon qila boshladi.

Toshtemirovning aytishicha, Musayev undan muntazam ravishda premium toifadagi «marmar goʻsht», qimmat kosmetika mahsulotlari, tish pastalari hamda brend tovarlar yuborishni talab qilib kelgan. U topshiriq berilgani aks etgan oʻzaro yozishmalarni ham eʼlon qildi.

Mojaroning yana bir shov-shuvli qismi Hyundai Palisade avtomobili bilan bogʻliq iddaolar boʻldi. Toshtemirov yozishicha, Musayev unga Koreyadan ichiga maxsus divan oʻrnatilgan qimmatbaho Hyundai Palisade avtomobilini sotib olishni buyurgan.

Yana bir jiddiy ayblov Migratsiya agentligida amalda ishlamagan xodimlarga oylik toʻlab kelingani bilan bogʻliq. Toshtemirovga koʻra, Behzod Musayev rahbar boʻlib kelgach, Ataxanov Nabi Agzamovich va Djabarov Baxrom Saidaxmedovich 2024-yil noyabr oyida Migratsiya agentligiga haydovchi sifatida ishga qabul qilingan.

Ushbu xodimlardan biriga mart oyida 44,4 mln soʻm, ikkinchisiga esa 46,5 mln soʻm ish haqi hisoblangani qayd etiladi. Toshtemirov bu maʼlumotlarni yozganidan koʻp oʻtmay, Bosh prokuratura huzuridagi Departament Migratsiya agentligida 1 mlrd soʻmdan ortiq talon-torojliklar fosh etilganini maʼlum qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.