Koreya biznesi Fargʻona viloyatiga investitsiya kiritishdan manfaatdor
Koreya kompaniyalari Fargʻona viloyatida energetika, sanoat, qurilish va kosmetika ishlab chiqarish sohalarida investitsiya loyihalarini taklif qildi.

Koreya biznesi Fargʻona viloyatiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi
Koreya kompaniyalari Fargʻona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Seul shahrida Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvida maʼlum boʻldi.
Muzokaralar Fargʻona viloyati rahbarining Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida boʻlib oʻtdi.
Учрашувда Wonvain Co., Ltd, Euro Rent-a-Car Co., Ltd, Geumchang Development, China Shanghai Qigu Investment Co., Ltd, Zhejiang Caihua Technology Co., Ltd ва KSW Co., Ltd раҳбарлари, шунингдек, Коян шаҳри тадбиркорлари ва иқтисодчилари ассоциацияси вакиллари иштирок этди.
Tomonlar Fargʻona viloyati va Koreya ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi investitsiyaviy hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, yangi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Kompaniyalar vakillari Fargʻona viloyatida energetika, sanoat, qurilish va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish sohalariga investitsiya kiritish boʻyicha takliflarini bildirdilar.
Koreya tomoniga, shuningdek, hududning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, uning sanoat infratuzilmasi, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari imkoniyatlari, shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.
Xayrullo Bozorov Fargʻona viloyati Koreya Respublikasi kompaniyalari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, istiqbolli tashabbuslar amalga oshirishning barcha bosqichlarida zarur tashkiliy va amaliy koʻmak oladi.
Koreya biznesi vakillari Fargʻona viloyatining investitsiya muhiti va imkoniyatlariga qiziqish yuqori ekanini taʼkidlab, taqdim etilgan yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar taklif etilgan tashabbuslarni batafsil ishlab chiqish, aniq investitsiya loyihalarini tayyorlash va toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

