Kontraktning 30 foizini davlat toʻlaydi: tibbiyot xodimlari farzandlariga mablagʻ oʻtkazish boshlandi
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ishlagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplash boshlandi. Arizasi tasdiqlangan xodimlar farzandlari oʻqiyotgan oliygohlarga subsidiya mablagʻlari oʻtkazilmoqda.

Kontrakt toʻlovining 30 foizini davlat qoplaydi: tibbiyot xodimlari farzandlari uchun mablagʻ yuborish boshlandi
Mazkur imtiyoz Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarorida belgilangan.
Unga muvofiq, tegishli toifadagi xodimlarning respublika oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan farzandlari uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi.
Bunda subsidiyaning eng yuqori miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi lozim. Yaʼni kontraktning 30 foizi ushbu chegaradan yuqori boʻlsa, toʻlov belgilangan limit doirasida amalga oshiriladi.
Xabarga koʻra, ariza topshirgan va murojaati tasdiqlangan xodimlarning farzandlari oʻqiyotgan oliygohlarga mablagʻlar kelib tusha boshlagan.

