Koʻp vektorli logistika Oʻzbekiston uchun «ikkinchi neft» sifatida
Oʻzbekiston transport yoʻlaklari, logistika xablari va raqamli bojxonani rivojlantirishni qanday qilib eksport tushumining yangi manbai va raqobatbardosh ustunlikka aylantirishi mumkinligi haqidagi material.

Koʻp vektorli logistika Oʻzbekiston uchun «ikkinchi neft» sifatida
Transport-logistika tizimini rivojlantirishning hududiy ixtisoslashuvi toʻgʻrisida. Oʻzbekiston uchun tashqi savdo va logistika masalalari bir vaqtning oʻzida ham sanoat siyosati, ham hududiy rivojlanish, ham eksportni diversifikatsiya qilish, ham investitsiyalarni jalb etish va geoiqtisodiy mavqeni mustahkamlash vazifalarini hal etishning asosiy vositasiga aylanib ulgurdi. 2025 yil yakunlariga koʻra, mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd dollarni, eksport — 33,8 mlrd dollarni, import esa — 47,35 mlrd dollarni tashkil etdi.

