Koʻksaroyda Hindiston bosh vazirini kutib olish marosimi oʻtkazildi
Toshkentdagi Koʻksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modini kutib olish marosimi boʻldi.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi munosabati bilan Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida uni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni iliq kutib olib, shohsupaga taklif qildi.
Marosimda ikki davlatning bayroqlari hilpirab turdi, faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Hindistonning davlat madhiyalari yangradi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi bo‘ylab o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlashdilar. Umumiy suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

