Dunyo

Kiyevda kuch tuzilmalari oʻrtasida otishma, Ispaniyada namoyishlar – kun dayjesti

Oʻtgan kun davomida jahonda roʻy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

Kiyevda kuch tuzilmalari oʻrtasida otishma, Ispaniyada namoyishlar – kun dayjesti

2-sentabr kuni Kiyevda Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) va Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasining (GUR) «ayrim boʻlinmalari oʻrtasida» otishma yuz berdi. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy tasdiqlab, voqeani «mutlaqo sharmandali holat» deb baholadi.

«Bosh prokuror va Davlat tergov byurosi barcha tafsilotlarni aniqlaydi: ushbu voqea ishtirokchilarining barcha koʻrsatmalari va bayonotlari, butun vaziyat qadamma-qadam tekshiriladi», dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti aybdorlarni javobgarlikka tortishga, jumladan, «kadrlar boʻyicha qarorlar» qabul qilishga va «har ikkala xizmatda ham ichki tekshiruvlar» oʻtkazishga vaʼda berdi. Shuningdek, tez orada Xavfsizlik xizmatining «Davlat sirini saqlash va litsenziyalash departamenti» boshligʻi Oleg Xramov lavozimidan olindi.

2-sentabr tongida Kiyevning Dneprovskiy tumanida SBU va GUR xodimlari oʻrtasida otishma boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Xavfsizlik xizmati vakillari tezkor xodimlariga tintuvlar vaqtida qurolli hujum uyushtirilganini maʼlum qildi. Natijada «qarshilik koʻrsatgan baʼzi shaxslar» yaralangan, hujum qilganlar esa qoʻlga olingan, deya bildirdi SBU. Idora, shuningdek, qoʻlga olinganlar Ukraina armiyasi «boʻlinmalaridan biriga» tegishli ekanini aytdi.

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, gap Ukraina armiyasining «Rossiya koʻngillilar korpusi» boʻlinmasi qoʻmondoni Stepan Kaplunov haqida ketmoqda. Xavfsizlik xizmati uni «suiqasd qilinishi» ehtimoli yuzasidan olib ketgan. Harbiylar esa xavfsizlik xodimlariga qarshilik koʻrsatgan.

Kaplunovni qoʻlga olish chogʻida Xavfsizlik xizmati maxsus kuchlari va harbiy razvedka xodimlari oʻrtasida otishma chiqqani aytilmoqda. GURning bir nafar xodimi vafot etgan boʻlishi mumkin.

Kaplunovning advokati soʻzlariga koʻra, uning mijozi 2-sentabr kuni kunduzi «allaqachon ozodlikka chiqqan» boʻlgan. Huquqshunos SBUning «suiqasdning oldi olingani haqidagi versiyasi uydirma» boʻlishi mumkin deb hisoblamoqda.

Yaqin Sharqdagi uzoq muddatli xizmatdan soʻng AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining aviatashuvchi kemasi Tailandning Pattaya kurorti shahriga kirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.