KinoTest: “Murtadlar” va “Oddiy askar Rayanni qutqarish” kabi filmlarni bir ko‘rishda taniysizmi?
Oushen va uning do‘stlari haqidagi franshiza, “Interstellar” hamda “Zakovatli Uill Hanting” singari kinolarda suratga tushgan Mett Deymon 8-oktabrda 56 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta aktyorning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

KinoTest: “Murtadlar” va “Oddiy askar Rayanni qutqarish” kabi filmlarni bir qarashda taniy olasizmi?
Mett Deymon 1970-yil 8-oktabrda AQShning Massachusets shtatidagi Kembrij shahrida dunyoga kelgan. Aktyor 1988-yilda “Sirli pitssa” (“Mystic Pizza”) filmida ilk bor suratga tushgan. 1996-yilda “Jangdagi jasorat” (“Courage Under Fire”)dan keyin u “Xayriyachi” (“The Rainmaker”) dramasiga taklif etilgan. Uning ishtirokidagi “Zakovatli Uill Hanting” (“Good Will Hunting”) dunyo kinoprakatida 225 million dollar yig‘gan. 1998−1999-yillarda u “Oddiy askar Rayanni qutqarish” (“Saving Private Ryan”), “Dogma”, “Iste'dodli janob Ripli” (“The Talented Mr. Ripley”) filmlarida rol o‘ynagan. 2001-yildan boshlab esa Oushen va uning do‘stlari haqidagi franshizada qatnasha boshlagan. 2006-yilda “Murtadlar” (“The Departed”) va “Yolg‘on vasvasasi” (“The Good Shepherd”) filmlarida ko‘rinish bergan.
Shuningdek, u Jeyson Born haqidagi turkum filmlar, “Yengilmas ruh” (“Invictus”), “Mars tutquni” (“The Martian”) bilan birga, “Bagger Vans haqida afsona” (“The Legend of Bagger Vance”) va “Ford Ferrariga qarshi” (“Ford v Ferrari”) kinolarida ham suratga tushgan. Kristofer Nolanning “Interstellar”, “Oppengeymer” va “Odisseya” filmlarida ham rollar ijro etgan.

