Layfstayl

Kinotavsiya: Muzeydagi o‘g‘riliklar haqidagi 5 ta qiziqarli film

Kinotavsiya: Muzeydagi o‘g‘riliklar haqidagi 5 ta qiziqarli film

Shu yilning 8-sentyabr kuni Fransiyadagi Renuar muzeyidan qiymati 9 million yevroga teng bo‘lgan uchta rasm o‘g‘irlab ketildi. Ayni paytda muzey faoliyati to‘xtatilgan, o‘g‘rilar esa hanuzgacha qo‘lga olinmagan. Quyida muzeylar insoniyat madaniyatining xazinasi bo‘lishi bilan birga, kino ijodkorlari uchun g‘aroyib o‘g‘riliklar sodir etiladigan maskan ekanini ko‘rsatib beruvchi filmlarni jamladik.

Ushbu sarguzasht filmda bosh qahramon Benjamin Franklin Geyts rolini Nikolas Keyj ijro etib, xazina izlash safariga chiqadi. Tadqiqot jarayonida u ko‘plab tarixiy sirlar va jumboqlarga duch keladi, ularning aksariyati muzeylar hamda tarixiy ashyolar bilan bog‘liq. Qahramonlar ajdodlari yashirib ketgan qimmatbaho buyumlarni topish uchun AQSH Mustaqillik deklaratsiyasini o‘g‘irlashlariga to‘g‘ri keladi.

Rejissyor Jon Terteltaub dinamik va qiziqarli asar yaratgan, unda syujetning har bir burilishi tomoshabinni hayajonda ushlab turadi. 2007-yilda “Millat xazinasi: Sirlar kitobi” nomli filmning davomi suratga olingan.

San’at asarlarini qalbakilashtirish bilan shug‘ullanuvchi millionerning qizi otasining fosh bo‘lishining oldini olish uchun firibgar bilan birga muzeydan uning asarlaridan birini o‘g‘irlashga urinadi. Film hazil-mutoyibaga boy dialoglar, kutilmagan voqealar rivoji va romantik kayfiyat bilan to‘la.

Rejissyor Uilyam Uayler Odri Xepbern va Piter O‘Tul ekranda ajoyib uyg‘unlik namoyish etadigan yengil va nafis asar yaratgan. “Katta boylik izidan” hanuzgacha ko‘plab tomoshabinlarning sevimli filmi bo‘lib qolmoqda.

Ushbu zamonaviy jangari filmda Interpol agenti qidiruvdagi jinoyatchini qo‘lga olish uchun ikki o‘g‘ri bilan hamkorlik qiladi. Film voqealari Fransiya, Italiya va Misr kabi bir nechta mamlakatlarda kechadi va noyob san’at asarlarining o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq.

Bosh rollarda Ryan Reynolds, Dueyn Jonson va Gal Gadot filmga yuqori reyting hamda tomoshabinlarning ijobiy fikrlarini ta’minlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, filmning ikkita davomi ishlab chiqilmoqda, biroq suratga olish ishlari haqida batafsil ma’lumot hozircha yo‘q.

Shotlandiyalik millioner Mayk MakKenzi (Duglas Xenshell) kompyuter firmasini sotgach, do‘sti — Stiven Fray ijrosidagi professor Robert Gissingdan g‘ayrioddiy taklif oladi. U ideal jinoyat rejasini taklif etadi: Shotlandiya milliy galereyasida joy yetishmagani sababli rasmlar vaqtincha joylashtirilgan Midlothian omborxonasidan qimmatbaho san’at asarlarini o‘g‘irlash. Mayk tergovni chalg‘itadigan va mukammal natijani kafolatlaydigan ayyor usullardan foydalanib, bu dadil rejani amalga oshirishga qaror qiladi.

Rejani amalga oshirish uchun MakKenzi mutaxassisdan yordam so‘raydi va ular birgalikda murakkab operatsiyani ishlab chiqadi. Film detektiv, jinoyat komediyasi va sarguzasht unsurlarini uyg‘unlashtirib, ziddiyatli va qiziqarli voqealar rivojini yuzaga keltiradi. “Ochiq eshiklar kuni” aql va topqirlik muzeydagi o‘g‘rilikni chin san’atga aylantirishi mumkinligini namoyish etadi.

Ushbu trillerda tajribali o‘g‘ri va sug‘urta agenti bir qator san’at asarlarini o‘g‘irlash uchun til biriktiradi. Film keskin lahzalar, kutilmagan syujet burilishlari hamda bosh qahramonlar o‘rtasidagi ishqiy munosabatlarga boy. Voqealar Buyuk Britaniya, Fransiya va AQShda bo‘lib o‘tadi.

Rejissyor Jon Emiel o‘ziga xos muhitga ega keskin kartina yaratgan bo‘lib, unda Shon Konneri va Ketrin Zeta-Jons ajoyib juftlikni namoyish etishgan. “Qopqon” filmi o‘zining dinamikligi va qiziqarli syujeti uchun tanqidchilar hamda tomoshabinlar tomonidan ijobiy kutib olingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.