Layfstayl

Kinotavsiya: betakror kuz kunlaridek iliqlik baxsh etuvchi ta’sirli filmlar

Kinotavsiya: betakror kuz kunlaridek iliqlik ulashuvchi ta’sirli filmlar

Quyida betakror kuz kayfiyatini beradigan, issiq limon choyi bilan tomosha qilishga arziydigan filmlarni jamladik.

**“Garri Salli bilan uchrashganda”, 1989-yil**

**Bosh rollarda:** Meg Rayan, Billi Kristal

Nyu Yorkni zabt etishga qaror qilgan qishloqdan kelgan Garri va Salli bir-biriga mutlaqo o‘xshamasligini tushunib yetadi. Garri faqat o‘zini o‘ylaydigan xudbin bo‘lsa, Salli esa jo‘shqin va o‘ziga ishongan ayol. Qahramonlar turli yo‘llardan ketishadi, biroq hayot ularni yana birlashtiradi. Oradan ko‘p yillar o‘tgach, ular boshqa darajadagi munosabatlarga yo‘l ochishi mumkin bo‘lgan yaqin do‘stlarga aylanadi. Ammo Garri va Salli bu qadamni tashlashga jur’at eta oladimi?

**“Zakovatli Uill Hanting”, 1997-yil**

**Bosh rollarda:** Mett Deymon, Robin Uilyams, Ben Afflek

Mushtlashib hammani bezor qilgan yigitga terapiya kursi tayinlanadi. Shu tariqa kuchli do‘stlikka aylangan “qayta tarbiyalanish” jarayoni boshlanadi va natijada har bir qahramon o‘zining yangi jihatlarini kashf etadi.

**“Nyu Yorkdagi kuz”, 2000-yil**

**Bosh rollarda:** Richard Gir, Vaynona Rayder

U muvaffaqiyatli, kelishgan va boy, ammo barcha munosabatlari ajralish bilan yakunlanadi. Quvnoq Sharlotta bilan uchrashgach esa hammasi o‘zgaradi. Avvaliga Uill uni biroz tentak deb o‘ylab, beparvo munosabatda bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay, qahramon Sharlottaning og‘ir kasal ekanini bilib qoladi — qizning bir yilgina umri qolgan.

**“Mona Liza tabassumi”, 2003-yil**

**Bosh rollarda:** Juliya Roberts, Kirsten Danst, Juliya Staylz, Meggi Jillenxol, Jinnifer Gudvin

Ketrin Uotson ayollar kollejida san’at tarixidan dars bera boshlaydi. Ammo u darhol atrofidagilarning qarshiligiga duch keladi, chunki talabalar va hamkasblari patriarxal qarashlarga ega edi. Bosh qahramon asta-sekin talabalarining dunyoqarashini o‘zgartirishga urinadi, jamiyatda ayollarning o‘rni muhim ekanini tushuntiradi.

**“Ko‘l bo‘yidagi uy”, 2006-yil**

**Bosh rollarda:** Kianu Rivz, Sandra Bullok

Bosh qahramon Keyt sevgilisi bilan ajrashadi va ko‘l bo‘yidagi sevimli uyini tark etishga qaror qiladi. U o‘zidan keyingi odam uchun xabar qoldirishni istaydi. Aleks xatni topadi va nima uchun qizning so‘zlari haqiqatga mos kelmasligini tushunmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, qiz 2006-yilda, u esa 2004-yilda yashaydi va faqat sirli pochta qutisi ularning xabarlarini bir-biriga yetkazishi mumkin. Ammo qahramonlar qachondir yuzma-yuz uchrasharmikan?

**“Penelopa”, 2006-yil**

**Bosh rollarda:** Jeyms Makavoy, Kristina Richchi

Film butun umrini yuzini yashirib o‘tkazgan Penelopa ismli qiz haqida hikoya qiladi. Cho‘chqanikiga o‘xshash burni tufayli u odamlarga qo‘shila olmaydi. Uni seva oladigan odamni uchratgandagina qiz bu tavqi la’natdan qutulishi mumkin. Penelopa bunday odamni topishdan umidini uzgan, biroq hayot unga ko‘plab kutilmagan voqealarni tayyorlab qo‘ygan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.