Texnologiya

“King Kong”, “Avatar” va kino tarixidagi eng qimmat maxsus effektlardan foydalanilgan boshqa filmlar

“King Kong”, “Avatar” va kino tarixidagi eng qimmat maxsus effektlardan foydalanilgan boshqa filmlar

Maxsus effektlarsiz millionlab tomoshabinlar sevib tomosha qiladigan ko‘plab mashhur filmlarni yaratishning iloji bo‘lmas edi. Kompyuter grafikasi orqali boshqa olamlarni ko‘rish, g‘ayrioddiy qahramonlar bilan tanishish va butunlay boshqa davrga sayohat qilish mumkin. Ekrandagi voqealar esa rostdan ham haqiqiydek tuyuladi.

“Qasoskorlar: o‘yin oxiri” (2019) — 356 million dollar

Bugungi kunda Marvel kinoolamidagi eng qimmat franshizalardan biri sanalgan “Qasoskorlar: o‘yin oxiri” katta jamoaviy film hisoblanadi. Undagi juda ko‘p joylar va epizodlar kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan. Albatta, superqahramonlar o‘rtasidagi keng ko‘lamli janglarni tasvirlash uchun ham maxsus effektlar zarur edi.

“Yura davri dunyosi 2” (2018) — 170 million dollar

90-yillar boshida Stiven Spilberg suratga olgan dinozavrlar haqidagi mashhur filmning qayta ishlangan talqini avvalgisidan, eng avvalo, maxsus effektlari bilan farq qiladi. Voqealar nafaqat yovvoyi tabiatli orolda kechadi, balki dinozavrlar turlari ham bir necha barobar ko‘paygan. Albatta, ularning barchasi kompyuter grafikasida yaratilgan.

“Yulduzlar jangi: kuch uyg‘onishi” (2015) — 245 million dollar

Lucasfilm Disney korporatsiyasiga sotilgach, Jorj Lukasning afsonaviy franshizasi qaytishini dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar intiqlik bilan kutdi. “Yulduzlar jangi: kuch uyg‘onishi” VI qism voqealaridan 30 yil keyin sodir bo‘ladi, unda qahramonlar va yovuzlarning yangi avlodi uzoq galaktikadagi kuchlarni junbushga keltiradi. Tabiiyki, tomoshabinlar ko‘plab sayyoralarda kechadigan keng ko‘lamli kosmik janglar sahnalarini kutishdi. Bularning barchasi kartinaga katta sarmoya kiritishni talab qildi.

“Qasoskorlar” (2012) — 220 million dollar

Marvel’ning navbatdagi jamoaviy filmi tomoshabinlarni hayratga soldi. Bundan oldingi filmlarda Yer himoyachilari alohida daromad keltirib, studiya rahbarlarining ambitsiyalarini to‘liq oqlaganiga ko‘pchilik ishonmaydi. “Qasoskorlar” kartinasida ham maxsus effektlar yordamida ko‘plab qahramonlar Yer sayyorasini egallashni istagan global yovuz kuchlarga qarshi birlashadi.

“Karib dengizi qaroqchilari: noma’lum sohillarda” (2011) — 250 million dollar

Franshizaning to‘rtinchi qismi Jonni Depp ijro etgan kapitan Jek Chittakning yangi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. To‘rtinchi filmda Jekning sarguzashtlari bir necha joyda kechadi. Mualliflar tomoshabinni dunyoning turli burchaklaridagi madaniy-me’moriy xususiyatlar va ulardagi qaroqchilik urf-odatlari bilan tanishtirishga qaror qilgan. Dengiz janglarining ko‘pligi bilan birga, bir qancha yordamchi qahramonlar uchun ham katta sarmoya evaziga maxsus effektlardan foydalanilgan.

“Alisa mo‘jizalar mamlakatida” (2010) — 150-200 million dollar

Syurrealizm dahosi Tim Byortonning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” asari aql bovar qilmas sarguzashtlar haqida so‘zlaydi. Uning “Alisa” talqini juda qo‘rqinchli bo‘lsa-da, baribir mashhur kitob asosida ishlangan. Sirli va noodatiy muhit tabiiy ravishda maxsus effektlar yordamida yaratilgan.

“Avatar” (2009) — 237 million dollar

Yangi ming yillikning asosiy filmi kino tarixidagi eng yuqori daromadli kartinalardan biri sifatida abadiy qoldi. Aniq sabablarga ko‘ra, byudjetning muhim qismi maxsus effektlarga sarflangan: sirli va olis Pandora sayyorasida yashovchi odamlar hamda mahalliy aholi o‘rtasidagi janglar ekzotik tabiat bag‘rida kechadi.

“Transformerlar” (2007) — 150 million dollar

Maykl Beyning filmi avtobotlar va deseptikonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida. Ular ming yillar davomida urushib kelgan va Yer ular orasidagi yangi jang maydoniga aylangan. Ajablanarlisi, qarama-qarshilikni saqlab qolish ham, uni tugatish imkoniyati ham yosh va tajribasiz o‘smir Sem Uitvikkining qo‘lida. Robotlar va ularning o‘zgarishlari kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan. Filmdagi voqealarning aksariyati yashil ekranda suratga olingan.

“O‘rgimchak odam 3: ko‘zgudagi dushman” (2007) — 258 million dollar

Sem Reymining kichik franshizasining uchinchi qismi ham superqahramon O‘rgimchak odam sarguzashtlari haqida. Bu bobda antagonistlar bilan janglar maxsus effektlar tufayli yuqori sifatda ko‘rsatiladi. Sehrli to‘r, qum, portlashlar va vayron bo‘lgan binolar yordamida to‘qnashuvda kamchilik topish qiyin, hammasi imkon qadar mukammal bajarilgan.

“King Kong” (2005) — 207 million dollar

Mahoratli rejissor Piter Jekson 2000-yillarning o‘rtalarida mashhur King Kong haqidagi filmni qayta suratga olishga qaror qildi. O‘sha paytda film juda qimmatga tushdi, chunki ulkan gorillani butunlay kompyuter grafikasi yordamida yaratishga to‘g‘ri keldi va 40-50-yillardagi filmlardagidek qo‘g‘irchoq ishlatilmadi. Byudjetning katta qismi King Kongni yaratishga, shuningdek, filmning boshqa epizodlariga sarflandi. Yaxshi sarmoya kiritilgani sababli film xarajatlarni qoplashga muvaffaq bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.