Mahalliy

Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi

Tez tibbiy yordam xizmati transport vositalari uchun alohida vaqtinchalik harakat yo‘nalishi tashkil etiladi.

Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida harakatlanish vaqtincha cheklanadi.

Qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 6-avgust soat 23:00 dan 10-avgust soat 08:00 gacha Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasidan Arnasoy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Avval ushbu yo‘lning qarama-qarshi tomonida kapital ta’mirlash va yangi asfalt qoplamasini yotqizish ishlari yakunlangan edi. Endilikda mazkur ishlar yo‘lning ikkinchi tomonida davom ettirilib, yuqori sifatli asfalt qoplamasi yotqiziladi.

Avtotransport vositalari oqimi qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi va harakat xaritada yashil rang bilan ko‘rsatilgan vaqtinchalik sxema asosida tashkil etiladi.

Tez tibbiy yordam xizmati transport vositalari uchun alohida vaqtinchalik harakat yo‘nalishi tashkil etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.