Texnologiya

Kia oʻta tez quvvatlanadigan yangi PV7 elektrovenini taqdim etdi

Kia kompaniyasining yangi tijorat modeli Ford E-Transit Custom bilan raqobatlashadi va kelgusi yilda sotuvga chiqariladi.

Kia yangi, oʻta tez quvvatlanadigan PV7 elektrovenini namoyish qildi

Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi PV7 nomli yangi modelini taqdim etdi.

Brendning matbuot xizmati maʼlum qilishicha, avtomobil yoʻlovchi hamda yuk tashuvchi variantlarda sotuvga chiqariladi. Uning asosiy raqobatchisi sifatida Ford E-Transit Custom ko‘rsatilgan.

Model narxi hozircha oshkor etilmagan, savdolar esa 2027-yilda boshlanadi.

Avtomobil E-GMP.S platformasida yaratilgan bo‘lib, u kichikroq PV5 modeli bilan bir xil asosga ega. Shunga qaramay, yangi model oʻlchamlari jihatidan «beshlik»dan kattaroq. PV7 miniveni yetti, toʻqqiz va oʻn bir oʻrinli talqinlarda taklif etiladi.

Yuk furgoni esa 1,2 tonnagacha yuk tashiy oladi. Uning saloniga uchta yevropallet joylashadi.

Qaysi modifikatsiya bo‘lishidan qatʼi nazar, Kia PV7 268 ot kuchiga ega yagona elektr motor bilan jihozlanadi. Dastlab xaridorlarga modelning old uzatmali versiyasi taklif qilinadi. Keyinroq «yettilik» toʻliq uzatmali variantga ham ega bo‘ladi. Umuman olganda, 20 dan ortiq turli modifikatsiyalar eʼlon qilingan.

Yurish zaxirasi hozircha faqat yuk tashuvchi Kia PV7 uchun maʼlum. Long Range versiyasidagi avtomobil bir quvvatlanishda 460 km gacha yo‘l bosishi mumkin. Batareyani 10 foizdan 80 foizgacha atigi 20 daqiqada to‘ldirish mumkin. Qiziq jihati shundaki, unda bir vaqtning o‘zida ikkita quvvatlash porti bor: old va orqa tomonda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.