Layfstayl

Keyt Blanshett “Kalmar o‘yini”ning Amerika versiyasida suratga tushmaydi

Keyt Blanshett "Kalmar o‘yini"ning Amerika talqinida ishtirok etmaydi

Netflix striming platformasi rejissyor Devid Fincher tomonidan "Kalmar o‘yini" seriali asosida yaratilishi rejalashtirilgan loyihadan voz kechdi. Ushbu loyiha serialning ingliz tilidagi spin-offi bo‘lishi kerak edi.

2024-yil oxirida OAV Devid Fincherning mashhur serialning spin-offi ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edi. Dastlab to‘liq metrajli film sifatida rejalashtirilgan loyiha keyinchalik "Heckler" ishchi nomi ostidagi serialga aylantirilishi ko‘zda tutilgan edi.

Syujetga ko‘ra, voqealar Shimoliy Amerikada sodir bo‘lishi, suratga olish ishlari esa Buyuk Britaniyada tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. "Kalmar o‘yini"ning yakuniy qismida amerikalik aktrisa Keyt Blanshettning ishtiroki ham loyihaga bo‘lgan qiziqishni oshirgandi.

Ko‘pchilik uning serial finalidagi chiqishini o‘yinlarning AQSHda davom etishiga ishora deb qabul qilgan bo‘lsa-da, loyiha ijodkorlari bu taxminni rad etishdi. Rejissyor Devid Fincher esa Netflix uchun boshqa loyihalarga, xususan, Kventin Tarantinoning "Bir paytlar Gollivudda" kartinasining davomi hisoblangan "Kliff Batning sarguzashtlari" filmiga e’tibor qaratdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.