Iqtisodiyot

Keyingi yil aviaqatnovlar 10 foizgacha qimmatlashi mumkin: sabab ma’lum

​Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali energiya eksport tizimining uzilishi neft va reaktiv yoqilg‘i narxlariga sezilarli bosim o‘tkazdi.

Keyingi yilda aviaqatnovlar narxi 10 foizgacha ko‘tarilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Yaqin Sharqdagi mojaro davom etsa, 2027-yilga borib xalqaro aviaqatnovlar narxi 10 foizga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Tourism Economics tahliliy hisobotida aytilgan.

Havo qatnovlari xarajatlarining oshishi 2026-yil oxirida eng sezilarli darajada bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Agar ta’minotdagi uzilishlar davom etsa, 2027-yilda narxlar yanada sezilarli ravishda – 10 foizgacha ko‘tarilishi mumkin.

Hurmuz bo‘g‘ozi orqali energiya eksport tizimining buzilishi neft va reaktiv yoqilg‘i narxlariga sezilarli bosim o‘tkazdi. Bundan tashqari, reaktiv yoqilg‘i narxi xom neft narxlariga nisbatan keskin oshdi, bunga rekord darajadagi yuqori qayta ishlash marjasi, shuningdek, saqlash va ta’minot imkoniyatlari bilan bog‘liq xavotirlar sabab bo‘ldi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, hatto nisbatan qulay ssenariyda ham, 2026-yilda o‘rtacha global aviachiptalar narxi mojarodan oldin kutilganidan 5-10 foiz yuqori bo‘lishi mumkin.

Bu ta’sirning aniq darajasini aniqlash qiyin, chunki xarajatlarning oshishi odatda bir necha oydan keyin yakuniy narxlarda aks etadi. Ayniqsa, aviakompaniyalarning himoya strategiyalari va reyslarni oldindan bron qilish tufayli bu jarayon murakkablashadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.