Katta Chimyonda adashib qolgan yetti kishi qutqarildi (video)
Toshkent viloyatidagi Katta Chimyonda yetti kishi adashib qoldi. FVV qutqaruvchilari ularga tog‘dan tushishga yordam berdi. Video.

Katta Chimyonda yo‘ldan adashgan yetti kishi qutqarildi (video)
11-oktabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga chiqmoqchi bo‘lgan yetti nafar odam yo‘ldan adashib qoldi, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ular tog‘dan o‘zlari tusha olmagan. Hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar adashganlarni topib, xavfsiz hududga olib chiqdi.
FVV videolavhasida tushish uchun maxsus anjomlardan foydalanilgani, shuningdek, tog‘larda allaqachon qor yoqqani ko‘rinadi. Xabarda jarohat olganlar yo‘qligi aytiladi.

