Sport

Karim Benzema faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin — manba

Karim Benzema faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Goal nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning “Trabzonspor” klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Karim Benzema nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Klub vakillari “Al-Hilol” forvardining atrofidagilar bilan bog‘lanib, ehtimoliy transferning moliyaviy shartlari haqida ma’lumot olgan.

Turkiyalik jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lining yozishicha, Benzema “Trabzonspor”ning dastlabki tanlovi bo‘lmagan. Klub avvaliga Darvin Nunyesni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan, biroq bu transfer bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. Shundan so‘ng “Trabzonspor” bor e’tiborini 38 yoshli fransiyalik hujumchiga qaratgan. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani yoki aniq transfer taklifi yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Benzemaning “Al-Hilol” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali 2022-yilgi “Oltin to‘p” sohibining bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, fransiyalik hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida ikkita uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.