Dunyo

«Karfagen» – Ukrainada navbatdagi korrupsion mojaro

Ukraina beshinchi yilki urush holatida. Asrimizda hech bir davlat bunchalik uzoq vaqt urush holatida boʻlmagan. Lekin shunday qiyin damlarda, odamlar amallab jon saqlayotgan, har kuni yuzlab yosh yigitlar mustaqillik uchun kurashda jon berayotgan kunlarda ham mulozimlar davlatni oʻmarishdan charchamayapti.

«Karfagen» – Ukrainada navbatdagi korrupsion mojaro

Ukraina beshinchi yildirki urush holatida yashamoqda. Hozirgi asrda hech bir davlat bunchalik uzoq vaqt urush holatida boʻlmagan. Ammo shunday ogʻir pallada, odamlar zoʻrgʻa jon saqlayotgan, har kuni yuzlab yosh yigitlar mustaqillik yoʻlida halok boʻlayotgan paytda ham amaldorlar davlatni oʻmarishdan toʻxtamayapti.

Ukraina allaqachon eng korrupsiyalashgan davlatlar safida tilga olinadi, yevropaliklar ham aynan shu bois Kiyevni Yevropa Ittifoqiga qabul qilish borasida ikkilanib turibdi. Yevropadagi hamkorlar talabi bilan tuzilgan NABU milliy aksilkorrupsiya byurosi yana bir shov-shuvli korrupsiya ishini ochdi.

Prezidentdan ham mustaqil faoliyat yuritadigan idora Ukraina bosh prokuraturasi mulozimlari markazida turgan navbatdagi ishga «Karfagen» nomini berdi. Unga koʻra, bosh prokuror oʻrinbosari odamlarni aldab pullarini olgan koll-markazlarni pul evaziga himoya qilib kelgan.

Ukraina bosh prokuraturasi mulozimi, xalqaro huquqiy hamkorlik departamenti rahbari oʻrinbosari Sergey Kropiva bu safargi operatsiyaning markazida turibdi. U ishni xotini yoki o‘ynashi, xullas Yelizaveta Ivaxnenko degan ayol orqali boshqargan. Jinoiy guruh ukrainlarni aldab pullarini oladigan koll-markazlarni himoya qilgan, prokuratura mulozimi esa ularga «pushtipanoh» boʻlgan. Siz yaxshi tushunadigan ruscha jinoiy jargonda aytganda, «krishovat» qilgan.

Ikkovlon 2 million dollar atrofida pora olganlikda gumon qilinmoqda. NABU eʼlon qilayotgan telefon suhbatlarini eshitsangiz, hayratdan yoqa ushlaysiz. Ishda «Muza» va «Qirolicha» deb tilga olingan Yelizaveta bosh prokuraturadagi sevgilisidan uni tezroq kattaroq lavozimga, masalan taʼlim vaziri oʻrinbosarligiga joylab qoʻyishni soʻragan. Taʼlimdan oʻgʻirlash oson ekanini bu uchiga chiqqan poraxoʻrlar juda yaxshi biladi axir. Hamma joyda ham taʼlim tizimi oʻgʻrilik qilish uchun eng qulay maskanlardan.

Yana bir suhbatda ayol biznesdagi sherigi Instagram'dan barcha suratlarni oʻchirib tashlashni soʻraganidan noligan. «U rasmlarda men «Porshe», «Loro Piana», «Mimi» bilan koʻringanman, tushunyapsanmi? Shuba arzon turmasligini ham bilib qolishlari mumkin. Nima endi, qimmat zanjirlar, qimmat soatlar taqmasligim kerakmi?» degan «bechora» ayol.

NABU ochgan bu ishning oxiri katta ehtimol bilan Ukraina bosh prokurori Ruslan Kravchenkoga borib taqalardi. Lekin prezidentdan mustaqil ishlaydigan NABUchilar bunga ulgurishmadi. Oʻtgan yili Ukraina tarixida eng erta, 35 yoshida bosh prokuror boʻlgan Kravchenko goʻyoki «Parijga mehnat safari bilan borishni» bahona qilib, Ukrainadan juftakni rostladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.