Sport

“Kapitalbank” korporativ kibersport bo‘yicha O‘zbekiston kubogini qo‘llab-quvvatladi

Jizzakh Cyber Arena majmuasida korporativ kibersport bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Korporativ sport assotsiatsiyasi tomonidan 'Kapitalbank' va Sport vazirligi ko‘magida tashkil etildi.

“Kapitalbank” korporativ kibersport bo‘yicha O‘zbekiston kubogini qo‘llab-quvvatladi

Musobaqada Uzinfocom, Realsoft, Metropoliten, TBC Bank, OFB, Pepsi, Uzum Tech, Xalq Banki, “O‘zmetkombinat”, Anorbank, “O‘zbekko‘mir”, Infinbank, AKFA, “O‘zaeronavigatsiya”, “Kapitalbank” va “Agrobank” kabi kompaniyalarni namoyish etgan 16 ta jamoa qatnashdi.

Turnir O‘zbekistonda korporativ sportni keng targ‘ib qilish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

Musobaqa dasturiga guruh bosqichi, yarim final va Best of 3 (Bo3) formatidagi grand final kiritildi. Ishtirokchilar professional o‘yin uskunalari, yuqori tezlikdagi internet, yoritish va ovoz uskunalari kabi barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlandi. Hakamlikni professional sudyalar amalga oshirdi.

“Kapitalbank” ommaviy va korporativ sportni yetti yo‘nalish — futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi, yugurish marafonlari va kibersport bo‘yicha faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

“Bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali „Kapitalbank“ O‘zbekistonda ommaviy va korporativ sportni ommalashtirishga, shuningdek, yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratishga hissa qo‘shmoqda. Biz raqamli avlodning imkoniyatlariga ishonamiz va yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyon etish hamda muvaffaqiyatga erishishda yordam beradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga intilamiz”, — dedi “Kapitalbank” ATB kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi Oksana Lindina.

Musobaqa taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. G‘olib va sovrindorlarga kuboklar, medallar hamda pul mukofotlari topshirildi.

Yakuniy natijalar quyidagicha taqsimlandi:

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.