“Kapitalbank” Eco-Zone loyihasini amalga oshirdi: O‘zbekiston bo‘ylab 14 ta ekologik hudud ochildi
“Kapitalbank” o‘zining 25 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli ijtimoiy-ekologik Eco-Zone Kapitalbank loyihasini amalga oshirib, zamonaviy shahar hududlarini ishga tushirdi.

“Kapitalbank” Eco-Zone loyihasini amalga oshirdi: O‘zbekiston bo‘ylab 14 ta ekologik hudud ishga tushirildi
Eco-Zone loyihasi ekologik yondashuvni zamonaviy texnologik infratuzilma bilan uyg‘unlashtirib, aholiga dam olish, o‘qish va ishlash uchun talab yuqori bo‘lgan qulay formatlarni taqdim etadi.
Bank shahar muhitini rivojlantirish va hududlarda hayot sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tashabbuslarni tanladi. Hozirga qadar loyiha doirasida 14 ta ekologik zona barpo etildi: 4 tasi poytaxtda, 10 tasi esa mamlakatning asosiy hududlarida.
Endilikda bank filiallari faoliyat yuritadigan barcha hududlarda zamonaviy dam olish zonalari mavjud: Toshkent, Samarqand, Urganch, Andijon va Nukus shaharlarida Eco-coworking, Termiz, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Qo‘qon va Buxoro shaharlarida esa Eco-Zone Family faoliyat ko‘rsatmoqda.
Har bir hudud ekologik texnologiyalar va qulay raqamli yechimlar qo‘llaniladigan zamonaviy shahar makoni sifatida yaratilgan. Quyosh generatorlari toza energiya olishga xizmat qiladi, ekologik toza materiallar esa makonni atrof-muhit uchun yanada xavfsiz qiladi. Shu tariqa oddiy yashil hududlar zamonaviy va qulay dam olish, ishlash hamda kundalik hayot uchun mo‘ljallangan maskanlarga aylanadi. Bu yerda ekologik yondashuv qulaylik va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashadi.
“Respublika bo‘ylab ushbu manzillarning ochilishi — “Kapitalbank"ning 25 yillik yubileyi doirasidagi ESG strategiyasi tarkibiga kiruvchi ekologik tashabbuslarning tabiiy davomidir. Biz yashil yechimlarni kundalik hayotga joriy etish va O‘zbekistonning har bir aholisi qulay sharoitda ishlashi, ta’lim olishi va hordiq chiqarishi mumkin bo‘lgan makonlarni yaratishga intilamiz”, — deya ta’kidladi bank kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi Oksana Lindina.
Loyiha biznes ekologik toza va barqaror yechimlarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali kelajak avlodlar uchun zamonaviy hamda qulay muhitni qanday yaratishi mumkinligini namoyish etadi.
Bunday tashabbuslar “Kapitalbank"ka nafaqat hududlarda infratuzilmani rivojlantirish, balki butun mamlakat bo‘ylab tabiiy resurslar va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga ham yordam beradi.

