Kanadalik boks afsonasi vafot etdi: u faoliyati davomida umuman nokdaun holatiga tushmagan

Kanadalik boks afsonasi hayotdan ko‘z yumdi: u faoliyati davomida hech qachon nokdaun bo‘lmagan
Professional boksning og‘ir vazn toifasida ikki karra Jahon chempionligi uchun da’vogar bo‘lgan kanadalik Jorj Chuvalo 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jahon boks kengashi (WBC) ma’lum qildi.
Chuvalo 12-sentyabr kuni — aynan tug‘ilgan kunida olamdan o‘tdi. Uning o‘lim sababi oshkor etilmadi.
Bokschi professional ringdagi faoliyatini 1956-yilda boshlagan va og‘ir vazn toifasida besh marta Kanada chempioni bo‘lgan. Uning hisobida 73 g‘alaba (64 tasi nokaut bilan), 18 mag‘lubiyat va 2 durang bor. Kanadalik 93 ta jangdan iborat faoliyati davomida biror marta ham nokdaunga tushmagan.
Chuvalo Jahon chempionligi uchun ikki bor jang qilgan. U 1965-yilda amerikalik Erni Terrellga, 1966-yilda esa Muhammad Aliga yutqazgan. Kanadalik bokschi 1972-yilda Ali bilan yana bir bor ringga chiqqan. Har ikki jangda ham u hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘lgan. Keyinchalik Ali kanadalik raqibini “men jang qilgan eng chidamli yigit” deb atagan.
Shuningdek, Chuvalo amerikalik afsonaviy bokschilar Jorj Forman va Jo Freyzerga qarshi ham ringga chiqqan.

