Kamroq maydonda koʻproq mashina. Toshkentda yangi koʻp qavatli avtoturargoh sinovdan oʻtkazilmoqda. Video

Kamroq maydonda koʻproq mashina. Toshkentda yangi koʻp qavatli avtoturargoh sinovdan oʻtkazilmoqda. Video
Toshkentning Olmazor tumanida avtomatlashtirilgan koʻp qavatli avtoturargohning ilk namunasi oʻrnatildi. Bunday konstruktsiyada avtomobillar bir necha yarusda joylashtiriladi, bu esa cheklangan hududda toʻxtab turish joylari sonini koʻpaytirish imkonini beradi.
Yoʻl harakatini tashkil etish markazidan maʼlum qilishlaricha, avtoturargoh pilot loyiha doirasida «Kichkirik» mahallasida oʻrnatilgan. Hozirda YHTM mutaxassislari bunday format poytaxt sharoitida qanchalik qulay va samarali ekanini baholamoqda.
Konstruktsiya avtomobillarni vertikal joylashtirish hisobiga ishlaydi: mashinalar turli darajalarda joylashtiriladi, buning evaziga nisbatan kichik maydonda koʻproq transport vositasini joylashtirish mumkin.
Sinov natijalariga koʻra, mutaxassislar Toshkentda bunday avtoturargohlardan kelgusida foydalanish mumkinligini aniqlaydilar. Agar natijalar ijobiy boʻlsa, mavjud infratuzilma va shaharsozlik sharoitlarini hisobga olgan holda poytaxtning boshqa hududlarida ham shu kabi konstruktsiyalar paydo boʻlishi mumkin.
Yangi format, jumladan, shaharda toʻxtab turish joylari taqchilligi muammosini hal qilish variantlaridan biri sifatida koʻrib chiqilmoqda.
Loyiha prezident Shavkat Mirziyoyevga uning bugungi Olmazor tumaniga tashrifi chogʻida taqdim etilishi kutilmoqda.
Bahorda Toshkentda avtoturargohlarni boshqarishning yagona tizimini yaratish boʻyicha pilot loyiha boshlangan edi. U savdo markazlari va xizmat koʻrsatish obʼyektlari yaqinidagi toʻxtab turish joylarini umumiy tarmoqqa birlashtirishi kerak.

