Iqtisodiyot

Kam ta’minlanganlarga 9 oyda 191,4 mlrd so‘m ijtimoiy keshbek to‘landi

Eng ko‘p ijtimoiy keshbek Andijon viloyati aholisiga to‘langani ma’lum qilindi

Kam ta’minlanganlarga 9 oyda 191,4 mlrd so‘m ijtimoiy keshbek to‘landi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 651,3 ming nafar iste’molchiga jami 191 mlrd 474 mln so‘m ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.

Mazkur davrda ijtimoiy keshbek olish uchun 7 mln 520,1 mingta xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ijtimoiy keshbekning eng katta ulushi Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Bu hududda iste’molchilarga 96,9 mlrd so‘m to‘langan.

Toshkent shahrida 17,8 mlrd so‘m, Samarqand viloyatida esa 15 mlrd so‘m ijtimoiy keshbek ajratilgan.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 13,7 mlrd so‘m, Farg‘ona viloyati — 9,8 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyati — 6 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyati — 5,9 mlrd so‘m bilan qayd etilgan.

2023-yil 1-maydan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan jismoniy shaxslarga chakana savdo obyektlaridan belgilangan ayrim mahsulotlarni xarid qilishda odatdagi 1 foizlik keshbek o‘rniga 12 foiz miqdoridagi QQS qaytariladi. Buning uchun «Soliq» mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish kerak.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.