Sport

“Kalyari” hujumchisi basseynda cho‘kib ketishiga sal qoldi: futbolchi reanimatsiyada

“Kalyari” hujumchisi Yael Trepi basseynda cho‘kib ketish xavfi ostida qoldi va hozirda reanimatsiyada.

Italiyaning “Kalyari” futbol klubi hujumchisi Yael Trepi basseynda cho‘kib ketishiga bir bahya qoldi va og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. 20 yoshli fransiyalik futbolchi ayni damda Sardiniyaning Sassari shahridagi “Santissima Annunziata” shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. Bu haqda Al Jazeera nashri ma’lum qildi.

Voqea 17-avgust kuni Sardiniyaning Porto-Chervo hududida sodir bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, Yael Trepi basseynda ko‘p miqdorda suv yutib yuborgan va qutqaruvchilar tomonidan suvdan chiqarib olingan. Shundan so‘ng u zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mahalliy nashrlarning yozishicha, futbolchi hozirda sun’iy koma holatida.

“Kalyari” futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan. Biroq klub bayonotida Trepining hozirda reanimatsiyada ekani va jamoa tibbiyot xodimlari hamda futbolchining oilasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turgani qayd etilgan. Shuningdek, klub jamoatchilik va OAVdan futbolchining shaxsiy hayotiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘radi.

Ma’lumot uchun, Trepi 2006-yil 20-mayda Fransiyaning Villeneuve-Saint-Jorj shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini Fransiyada boshlagan Trepi 2022-yilda “Kalyari” akademiyasiga qo‘shilgan. 20 yoshli hujumchi 2026-yildan “Kalyari”ning asosiy jamoasida muntazam maydonga tusha boshladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.