“Kalmar o‘yini”ni ham ortda qoldirdi: 8,5 reytingli dorama besh kun ichida Netflix topiga kirdi

“Kalmar o‘yini”ni ham ortda qoldirdi: 8,5 reytingli dorama besh kun ichida Netflix topiga kirdi
Dorama jami sakkiz qismdan iborat bo‘lib, IMDb’da 8,5 reytingga ega (“Kinopoisk”da ham xuddi shuncha). Ekranlarga chiqqach, u bir necha kun ichida birdaniga o‘nlab mamlakatlarda Netflix topiga kirishga ulgurdi.
Serialning premyerasi ham chinakam shov-shuvga sabab bo‘ldi. Faqat 5 kun ichida u hatto “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumini ham ortda qoldirib, Netflix’ning global reytingida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Bosh qahramon — travmatologiya markazining ishini tubdan o‘zgartirishga qaror qilgan tajribali jarroh. Tinch shifoxona hayoti o‘rniga uni og‘ir bemorlar, mablag‘ tanqisligi va hamkasblarining qarshiligi kutadi.
Syujet otolaringolog shifokor yozgan mashhur romanga asoslangan. Shu bois bu yerda tibbiyot sevgi chizig‘i uchun oddiy bezak emas, balki hikoyaning o‘zagi hisoblanadi.
Tomoshabinlar o‘z taassurotlarini ham ulashgan: “Dorama bir nafasda ko‘riladi, finali ikkinchi mavsumga ishora qilmoqda”, “Koreyslardan bunday narsani kutmagandim, to‘laqonli Gollivud loyihasi”, “Sakkiz qism qanday o‘tib ketganini hatto sezmay qoldim”, “Dorama juda ajoyib va dinamik, hazil hamda drama o‘rtasidagi muvozanat saqlangan”.
Serialda odatiy romantika deyarli yo‘q. Shifokorlar tinimsiz u yoqdan bu yoqqa yugurishadi, bemorlar birin-ketin olib kelinadi, qarorlarni esa soniyalar ichida qabul qilishga to‘g‘ri keladi.

