Boshqa

Kökça darvozada 7 kilometrlik «yaşil tölqin» işga tuşdi

Kökça darvoza köçasining 7 kilometrlik qismida 16 ta svetofor yagona tizimda işlay boşladi. Tiğiz bölmagan vaqtda ötkazilgan ölçovlarga köra, yangi tartib yölga ketadigan vaqtni örtaça 40 foizga qisqartirib, har bir qatnovda 8 daqiqa tejaş imkonini bergan.

Kökça darvozada 7 kilometrlik «yaşil tölqin» ishga tushdi

«Yaşil tölqin» tizimida svetoforlar özaro muvofiqlashtiriladi. Ruxsat etilgan tezlikda harakatlanayotgan haydovçiler navbatdagi çorrahalardan ham yaşil çiroqda ötiş imkoniga ega böladi. Bu yöldagi töxtaşlar sonini kamaytiradi.

Tizim kun davomida transport oqimining asosiy yönalişiga qarab ikki rejimda işlaydi:

07:00–17:00

- markaz tomon harakatlanayotgan transport uçun;

17:00–24:00

- markazdan çiqiş yönalişidagi transport uçun.

Biroq «yaşil tölqin» barça çorrahalardan töxtamasdan ötişni kafolatlamaydi. Svetoforlar piyodalar va kesişuvçi köçalardagi avtomobillar uçun ham vaqt ajratadi. Şu sababli haydovçi ayrim çorrahalarda qizil çiroqqa töxtaşi mumkin.

Tölqinga mos harakatlanış uçun tezlikni oşiriş talab etilmaydi. Aksinça, belgilangan tezlikdan oşiş keyingi svetoforning qizil çiroğiga ertaroq yetib borişga olib kelişi mumkin.

Töxtaş va qayta tezlaşişlarning kamayişi yoqilği sarfi hamda havoga çiqariladigan zararli gazlarni kamaytirişga ham xizmat qiladi.

Qayd etilişiça, vaqt tejalişiga oid raqamlar tizimning samarasini baholaş uçun tiğiz bölmagan paytda ölçangan. Transport oqimi köpaygan soatlarda esa yölga ketadigan vaqt harakat jadalligi va amaldagi yöl vaziyatiga qarab farq qilişi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.