Dunyo

JSST Şamonda virusidan birinçi odam vafot etgaç, tahdidlarni baholadi

Fransiyada tarixda ilk bor insonda Şamonda virusi aniqlandi. Bemor vafot etgan bölsa-da, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hozirça buni yagona holat deb baholamoqda va vaziyatni kuzatib bormoqda.

JSST Şamonda virusidan birinchi odam vafot etgach, tahdidlarni baholadi

Avvalroq Lion shahrida insonning Şamonda virusi bilan zararlangani bo‘yicha ma’lum bo‘lgan ilk holat qayd etilgandi. Virus boshqa bir og‘ir xastalikdan davolanayotgan keksa erkakda aniqlangan.

Bemor vafot etdi, biroq JSST sodir bo‘lgan voqeani yagona holat sifatida ta’riflamoqda. Fransiya sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Gregori Emeri «misli ko‘rilmagan holat yuz berganini» ma’lum qildi, ammo bemorning o‘limi avvalo uning o‘ta zaif immun tizimi bilan bog‘liqligiga ishontirdi.

«Hozircha bu yagona holat. JSST vaziyatni kuzatib bormoqda va yangi ma’lumotlar kelib tushishi bilan yangilangan axborotni taqdim etib boradi», - deyiladi tashkilot bayonotida.

Shuningdek, JSST Fransiya rasmiylari bilan yaqin aloqada ekanini ma’lum qildi.

Şamonda virusi (SHAV) - hayvonlarning yuqumli kasalligi qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, u Orthobunyavirus urug‘iga va tarkibiga Schmallenberg hamda Akabane kasalligi viruslari ham kiruvchi Simbu seroguruhiga mansubdir.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virus ilk bor 1965-yilda Nigeriyada yirik shoxli qoramollarda aniqlangan. U asosan qishloq xo‘jaligi hayvonlariga: sigir, qo‘y, echki, ot va alpakaga zarar yetkazadi. Kasallangan hayvonlarda isitma, ich ketishi va sut miqdorining kamayishi, shuningdek, yangi tug‘ilgan buzoqlarda nuqsonlar kuzatilishi mumkin.

Virus hayvonlarga asosan Culicoides urug‘iga mansub mayda chivinlar chaqishi orqali yuqadi. Şamonda virusiga qarshi vaksina yoki dori vositasi mavjud emas.

Avvallari hayvonlar orasidagi aksariyat holatlar Afrika va Yaponiyada qayd etilar edi. Biroq joriy yilning yozida virus Yevropada: dastlab Germaniya va Shveysariyada, so‘ngra Avstriya, Belgiya va Fransiyada aniqlana boshladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.