Jorjina Rodriges Messining rafiqasi joylagan suratga izoh qoldirdi (foto)

Jorjina Rodriges Messining rafiqasi joylagan suratga izoh qoldirdi (foto)
Argentinalik futbolchi Lionel Messining turmush o‘rtog‘i Antonela Rokusso hozirda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli US Open tennis musobaqasiga tashrif buyurdi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida arenadan olingan suratlarni muxlislari bilan baham ko‘rdi.
Ushbu post ostidagi izohlarda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodrigesning munosabati ko‘pchilikning diqqatini tortdi.
Jorjina Messining turmush o‘rtog‘i joylagan surat ostida “Qanday go‘zal”, deya yozib qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi hozirda Amerikaning “Inter Mayami” klubi sharafini himoya qilmoqda. Krishtianu Ronaldu esa Saudiya Arabistonining “An-Nassr” jamoasi safida to‘p surmoqda.

