Jizzaxda YHXB inspektori sodir qilgan YTHda bir kishi halok boʻldi. Xodim mashinani mast holda boshqargani aytilmoqda
Hodisa Zomin tumanida sodir boʻlgan. Jizzax viloyati YHXB inspektori boshqaruvidagi Lacetti qayrilib olayotgan yuk mashinasi ortida toʻxtagan ikkinchi Lacetti’ga kelib urilgan. Oqibatda oʻrtada qolgan mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan 35 yoshli erkak vafot etgan.

Jizzaxda YHXB inspektori ishtirokidagi YTHda bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Xodim mashinani mast holatda boshqargani aytilmoqda.
Zomin tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
YTH 26-sentabrdan 27-sentabrga o‘tar kechasi tumanning Yoshlik mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 34 yoshli D.A. Lacetti mashinasini boshqarib ketayotib, oldinda chapga burilayotgan yuk mashinasi ortida to‘xtagan. Shu payt bir yo‘nalishda kelayotgan, Jizzax viloyati YHXB inspektori 27 yoshli J.A. boshqaruvidagi ikkinchi Lacetti orqadan kelib urilgan.
Natijada oldindagi Lacetti yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 35 yoshli F.R. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 3 farzandning otasi bo‘lgan erkak ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Inspektor mashinani mast holda boshqargani aytilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

