Mahalliy

Jizzaxda Onix va Volkswagen to‘qnashuvida 2 kishi halok bo‘ldi

YTH Zomin tumani hududida sodir bo‘lgan: Onix mashinasi yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Volkswagen bilan to‘qnashgan. Oqibatda, har ikki mashina haydovchisi vafot etgan.

Jizzax viloyatining Zomin tumanida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.

Voqea 11-avgust kuni taxminan soat 10:05 da Zomin tumanidagi Alisher Navoiy mahallasidan o‘tuvchi “Jizzax-Ravot-Zomin-Savot” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1998-yilda tug‘ilgan F.E. ismli haydovchi boshqaruvidagi Onix avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Volkswagen rusumli mashina bilan to‘qnashgan. Volkswagen avtomobilini Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 28 yoshli A.R. boshqargan.

YTH natijasida har ikki avtomobil haydovchisi ham og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Onix haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida avtomobil yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va bu fojiali to‘qnashuvga sabab bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.