Jizzaxda «ishi» ko‘rilayotgan blogerga sud hukmi o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi «Sirojiddin media» MChJ rahbari Sirojiddin Adilovga nisbatan hukm chiqardi.

Jizzaxda «ishi» ko‘rilayotgan bloger yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi «Sirojiddin media» MChJ rahbari Sirojiddin Adilovga nisbatan hukm chiqardi.
Sudning 2026-yil 5-oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, u bir nafar fuqaroga nisbatan tovlamachilik, yana ikki nafar fuqaroga nisbatan esa xizmat mavqeidan foydalangan holda takroran firibgarlik sodir etganlikda aybli deb topildi.
Unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sud muhokamasida Adilov D. Shamsiyevdan 12 mln so‘mni tovlamachilik yo‘li bilan, G. Jumaniyozovadan 30 mln so‘m va R. Xudoynazarovadan 33 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgani isbotlangani qayd etildi.
Jami 75 mln so‘m zarar qoplangan.
Sudlar axborotiga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida Sirojiddin Adilovning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati bo‘yicha unga ayblov qo‘yilmagan. Ayblovlar boshqa fuqarolarning mulkini firibgarlik va tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, birinchi instansiya sudi hukmi ustidan yuqori instansiya sudiga protsessual tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

