Iqtisodiyot

Jizzaxda 1,2 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarni noqonuniy ayirboshlagan misrlik talaba ushlandi

Jizzaxda 1,2 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarni noqonuniy ayirboshlagan misrlik talaba ushlandi

Jizzax viloyatida noqonuniy kriptovalyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxs aniqlangan.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra o‘tkazilgan tadbir davomida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olayotgan, 2002-yilda Misr Arab Respublikasida tug‘ilgan shaxsning qonunchilikka zid ravishda kriptoaktivlar ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Uning qo‘l telefoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, kriptovalyutani saqlash, qabul qilish va yuborish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur hamda elektron kriptohamyon mavjudligi tasdiqlangan.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ushbu elektron hamyon orqali jami 1 milliard 250 million 319 ming 973 so‘m miqdorida kriptoaktivlar ayirboshlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Jizzax viloyati IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ular 2025-yilning iyulidan 2026-yilning yanvariga qadar 793 ming USDT (taxminan 9,7 mlrd so‘mlik) kriptoaktivlar aylanmasini amalga oshirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.