Mahalliy

«Jizzax suv ta’minoti»ning ikki xodimi tezkor tadbirlarda qo‘lga olindi

Jizzax shahar filiali inspektori qurilishi tugallanmagan binoda suvdan noqonuniy foydalanganlik bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 2

«Jizzax suv ta’minoti»ning ikki xodimi tezkor tadbirlarda qo‘lga olindi

Jizzax viloyatida dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan suv ta’minoti xodimlari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda «Jizzax suv ta’minoti» AJ Jizzax shahar filiali inspektori O‘.A. fuqaro U.S.ning qurilishi tugallanmagan binosida suvdan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 2 mln so‘m olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa «Jizzax suv ta’minoti» AJ Mirzacho‘l tumani filiali muhandisi A.X. fuqaro A.E.ning ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va jarima yozmaslik evaziga 2,2 mln so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.