JCh kundaligi. Fransiya uchun yangi murabbiy va prezident tanqidiga uchragan brazillar.
Birinchi yarimfinal kutilmalarni oqladi..

JCh kundaligi. Fransiya uchun yangi murabbiy va prezident tanqidiga uchragan brazillar.
Birinchi yarimfinal kutilmalarni oqladi.
JCh-2026 yarimfinalidagi birinchi uchrashuvda Ispaniya Fransiya ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (2:0). Luis de la Fuente shogirdlari birinchi bo‘limda penalti orqali hisobni ochishdi va raqibga deyarli hech qanday imkoniyat bermadi, tanaffusdan keyin esa hisobdagi ustunlikni mustahkamlashdi.
Maydon tashqarisida ham qiziqarli voqealar davom etmoqda: afsonaviy fransuz futbolchisi Zinedin Zidan milliy jamoa boshqaruvida Dide Deshamning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda, Braziliya prezidenti milliy jamoa futbolchilarini turnirdan keyin vatanga qaytmagani uchun tanqid qildi, Norvegiya milliy jamoasi forvardi Erling Holand esa Amerikada shoping qildi.
Fransiya – Ispaniya 0:2
Gollar: Oyyarsabal, 22 – penalti (0:1). Porro, 58 (0:2)
Fransiya: Menyan, Upamekano, Saliba (Lakrua, 30), Din (Ernandez, 72), Kunde, Tchuameni, Rabio (Kone, 46), Olise (Sherki, 72), Barkolya (Due, 57), Dembele, Mbappe
Ispaniya: Simon, Lyaport, Kubarsi, Kukurelya, Porro (Liorente, 84), Ruis (Merino, 78), Rodri, Olmo (Pedri, 78), Baena (Uilyams, 84), Yamal, Oyyarsabal (Torres, 74)
Ogohlantirishlar: Rabio, 9. Mbappe, 86 - Kukurelya, 31
Fransiya jahon chempionatlarida qatorasiga uchinchi bor finalga chiqish vazifasini uddalay olmadi. «Qizil furiya» turnirning asosiy favoritlaridan birini ilojsiz ahvolda qoldirdi va finalga chiqdi.
De la Fuente shogirdlari ilk daqiqalardanoq birinchi raqam ostida harakat qildi. Ispanlar ketma-ket hujumlar uyushtirmadi, ammo maydon markazida to‘pni ishonch bilan nazorat qilishdi va fransuz himoyasidagi zaif nuqtalarni qidirish bilan mashg‘ul bo‘lishdi. 20-daqiqada bu natija berdi: himoyachi Lyuka Din o‘z jamoasi jarima maydonida ehtiyotsizlik qildi va to‘p o‘rniga Lamin Yamalni tepib yubordi. O‘yin bosh hakami darhol 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi, Mikel Oyyarsabal esa penaltini ishonch bilan ijro etdi.
«Uchranglilar»ning muammolari shu bilan tugamadi. Ko‘p o‘tmay markaziy himoyachi Vilyam Saliba belida kuchli og‘riq his qilib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Ispanlar esa hisobni ochganidan keyin ham himoyalanish haqida o‘ylamadi va vaziyatlar yaratishda davom etib, ikkinchi bo‘limda o‘z maqsadiga yetishdi: Pedro Porro Dani Olmo bilan «devor» uslubida o‘ynab, jarima maydoniga kirib bordi va darvozabonni dog‘da qoldirdi.
Fransuzlar esa shu kuni turnirdagi eng yomon o‘yinini o‘tkazayotgandi: tezkor hujumchilarning hujum qilishga urinishlari samara bermadi, Kilian Mbappe muntazam ravishda ofsayd qopqoniga tushib qoldi, Deshamning futbolchi almashtirishlari ham yordam bermadi. Fransuzlar o‘yinning so‘nggi o‘n daqiqaligida shturm uyushtirishga harakat qildi va ilk bor (bu oraliqda jami uch marta) to‘p darvoza sohasiga to‘g‘ri bordi, ammo bu hujumlar hisobni hech bo‘lmaganda qisqartirish uchun ham yetarli bo‘lmadi.
Ispaniya ikki to‘p farqini saqlab qoldi va o‘z tarixida

